www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
12
июль
2017

E ' L O N !

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son Qarori bilan tasdiqlangan Audiovizual asarlarni, fonogrammalarva EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarnitayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to'g'risidagi Nizomning 10-bandi uchinchi xatboshisi va Litsenziatlar bilan tuziladigan bitimlarning tegishlibandiga muvofiq litsenziatlarzo'ravonlikni, pornografiyani, mamlakat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligini, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzishni, O'zbekiston to'g'risida noto'g'ri axborotlar tarqatilishini hamda uning tarixiy, madaniy va ma'naviy boyliklari buzib ko'rsatilishini targ'ib qilish uchun audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlashga yo'l qo'ymaslikni ta'minlashi bo'yicha talab va shart belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 avgustdagi 228-son Qarori asosida faoliyat olib boruvchiAxborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi Ekspert komissiyasi tomonidan o'tkazilgantegishli ekspertiza natijalariga ko'ra komissiya yig'ilishining 2017 yil30 maydagi 2-son bayoni bilan "O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, ko'paytirish va tarqatish tavsiya etilmaydigan yoshlar ongiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi, syujetida shafqatsizlik, vahshiylik, zo'ravonlik hamda behayolik sahnalari mavjud bo'lgan xorijiy kinofilmlar ro'yxati” tasdiqlangan.Ekspertiza natijalariga ko'ra ushbu ro'yxatga 225 ta xorijiy kinofilmlar kiritilgan bo'lib, mutaxassislar tomonidan syujetida zo'ravonlik, shafqatsizlik, vahshiylik, behayolik, narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari iste'molini, shuningdek ahloqiy buzuqlik, yengiltabiatlik, shahvoniy nafsga erk berish, besoqolbozlik, svingerlikni targ'ib qiluvchi sahnalar mavjudligi bois, O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish tavsiya etilmaydi deb topilgan.
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga (O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksi 189- va 189-1-moddalari, O'zbekiston RespublikasiJinoyat Kodeksi 130- va 130-1-moddalari) muvofiq zo'ravonlik, shafqatsizlikni targ'ib qiluvchi,pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish kabi hatti-harakatlar ta'qiqlanadi.
Tasdiqlangan ro'yxat barcha litsenziatlar tomonidan o'z faoliyatlarida qo'llash uchun ilova qilinmoqda.(Matn rus tilida)
.docYuklab olish [ Jami: 1012,5 Kb | Yuklab olishlar soni: 4499 ]  

  Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Boshqa yangiliklar:

25 май 2017 E ' L O N !
14 февраль 2017 E ' L O N !
21 сентябрь 2017 Idoralararo hamkorlik
24 июнь 2016 E ' L O N !
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2