www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Mutaxassislar tomonidan texnika va agroresurslar monitoringi tizimi yaratildi
10
август
2017

Mutaxassislar tomonidan texnika va agroresurslar monitoringi tizimi yaratildi

Mutaxassislar tomonidan texnika va agroresurslar monitoringi tizimi yaratildi

 

  "TECHNOUNIT-GROUP" mas'uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan "SMART: Texnika va agroresurslar monitoringi tizimi" dasturi ishlab chiqildi.

Dastur fermerlik, dehqonchilik xo'jaliklari va boshqa korxonalar bo'yicha, ularda meva va sabzavotlarning borligi, meva va sabzavot mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlarining mavjudligi, meva va sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash bo'yicha imkoniyatlarning mavjudligi haqida monitoring qilish va boshqa ma'lumotlarni to'plash bo'yicha axborot tizimi hisoblanadi.

  Ushbu dastur fermerlik va dehqonchilik xo'jaliklari, agrofirmalar, eksportchilar, issiqxonalar, sovitish omborlari, qayta ishlov berish korxonalari haqida ma'lumotlarni kiritish va saqlash, yer resurslari, mahsulot hajmi, muddati, hosildorligi hamda logistika shartlari/talablarini bajarilishini hisoblashni avtomatlashtirish, shuningdek onlayn hamda yuklab olish uchun fayl shaklida hisobotlarni shakllantirish kabi funksional imkoniyatlarga ega.

  Mualliflar Musyaev Ruslan, Navruzov Kuldash va Nagay Daniillarga yaratgan dasturlari uchun DGU 04437 raqamli guvohnoma berildi.

  Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5