www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Me'da saratonini baholovchi dastur yaratildi
17
август
2017

Me'da saratonini baholovchi dastur yaratildi

Me'da saratonini baholovchi dastur yaratildi

 

  Tibbiyot sohasida me'da saratoni bo'lgan bemorlar to'g'risida ma'lumotlarni shakllantirishga mo'ljallangan dastur yaratildi. Dasturning funksional imkoniyatlari bemorlarning laboratoriya, ultratovushga oid kompleks tekshiruvlarini o'z ichiga olgan tekshiruv ma'lumotlarini yig'ish, kiritish va saqlashdan iborat. Oshqozonni skaner qilish ikkita bir-biriga nisbatan perpendikulyar tomonlarda o'tkaziladi va uning holatini oshqozon ichki konturining tekisligi, umumiy devorining qalinligi bo'yicha, oshqozon bo'shlig'ining yuqori exogenligi mavjudligi, "soxta o'simta" simptomi bo'yicha, oshqozon devorining besh qatlamli ultratovushli tasviri qatlamini o'zgartirish bo'yicha, oshqozonda o'simtaning (uning hajmi, joylashishi, o'sishi va exogenligi turi) shakllanib borishi bo'yicha baholaydi. Dasturga kiritilgan ko'rsatgichlarga ko'ra ballar avtomatik hisoblanadi.

  Ushbu dastur Agentlikda davlat ro'yxatidan o'tkazildi va Pulatova Irodaga DGU 04435 raqamli

guvohnoma berildi.

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4