www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini lisenziyalash to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritildi
08
сентябрь
2017

Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini lisenziyalash to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritildi

 

   O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan "Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini lisenziyalash to'g'risida"gi nizomning 9-bandida ko'ra lisenziya talabgorida lisenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar mavjud bo'lgan taqdirda, lisenziya berish bilan bir vaqtda bunday filiallar soniga qarab, ulardan har birining joylashgan joyi ko'rsatilgan holda, ular tegishli lisenziya talablari va shartlariga amal qilishlari sharti bilan, lisenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan lisenziya nusxalari berilishi belgilangan edi.

   Shunindek, yuqoridagi nizomning 37-bandida filial ochishda lisenziya shartnomasiga o'zgartirish yoki qo'shimchalar kiritilishi yohud yangi lisenziya shartnomasi tuzilishi belgilangan edi.Natijada, lisenziyasi mavjud tadbirkorlik sub'ektlari keyinchalik tashkil etilgan o'zining filialida ushbu yo'nalishda faoliyat yuritishi uchun lisenziya bitimi va tegishli reestrga filiali (yangi ochilgani yoki faoliyati to'xtatilgani) to'g'risidagi yangi ma'lumotlarni kiritish uchun murojaat etishi, Agentlik esa o'z navbatida har bir filial uchun lisenziyaning tasdiqlangan nusxasini taqdim etishiga to'g'ri kelmoqda edi.

   Lisenziya berish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish maqsadida yuqoridagi Nizomga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 avgustdagi 663-son Qarori bilan tegishli o'zgartirishlar kiritildi. Endilikda, Nizomning 9-bandiga ko'ra, lisenziya talabgorida lisenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun filiallar mavjud bo'lgan taqdirda, har birining joylashgan manzili ko'rsatilgan holda lisenziyalovchi organ tomonidan faqat lisenziyalar reestriga tegishli ma'lumotlar kiritilishi belgilandi.

   Lisenziat tomonidan esa lisenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun filial ochgan (yopgan) taqdirda, har birining joylashgan manzili va mas'ul shaxs to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rsatgan holda lisenziyalovchi organni bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi kifoya etadi. Lisenziyalovchi organ esa filial to'g'risidagi ma'lumotlar kelib tushgan sanadan e'tiboran uch ish kuni mobaynida ularni lisenziyalar reestriga kiritadi va bu haqda lisenziatni besh ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor qilishi belgilab qo'yildi.

   O'z navbatida ushbu hatti harakatlar uchun to'lov va boj to'lash avvaldan talab etilmagan bo'lsada, kiritilgan o'zgarish tadbirkorlik sub'ektlarining yangi yoki qo'shimcha bitim imzolashi va lisenziyaning tasdiqlangan nusxasini olish uchun ketadigan ortiqcha vaqt hamda mablag' sarfini istisno etadi.

 

 Axborot xizmati

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Boshqa yangiliklar:

12 июль 2017 E ' L O N !
25 май 2017 E ' L O N !
14 февраль 2017 E ' L O N !
05 июль 2018 Lisenziyalash
24 июнь 2016 E ' L O N !
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4