www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » O'zbek populyasiyasidagi qandli diabet 2-turida proliferativ DR xavfi kalkulyatori
18
сентябрь
2017

O'zbek populyasiyasidagi qandli diabet 2-turida proliferativ DR xavfi kalkulyatori

O'zbek populyasiyasidagi qandli diabet 2-turida proliferativ DR xavfi kalkulyatori

   O'zbekiston Respublikasi Sog'likni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bir qator mutaxassislari o'zbek aholisining qandli diabet (QD) 2 turida proliferativ diabetik retinopatiyani (DR) rivojlanish xavfini hisoblash uchun mo'ljallangan dastur yaratdilar.

  Dastur qandli diabetning davom etish muddati, genotip, glikirlashgan gemoglabin, arterial gipertoniya, dislipidemiya, tana og'irligi indeksi, nefropatiya, yurak-qon tomir kasalliklari, chekish, yoshi, proliferativ bo'lmagan retinopatiya, ballar hisoblab chiqish; proliferativ retinopatiyaning yuzaga kelishi xavfi shkalasi, hamda tavsiyalar chiqarish kabi vazifalarni bajarilishini ta'minlaydi.

  Olingan ma'lumotlar qandli diabet (QD) 2 da proliferativ DR kasalligini boshlanishida oldini olish uchun qo'llanishi mumkin. Kalkulyator shifokorning ishlarini yengillashtiradi hamda o'zbek xalqining qandli diabet 2-turida proliferativ (DR) dia-betik retinopatiyani erta tashhislashga yordam beradi. Ushbu dastur endokrinologiyada qo'llanadi hamda endokrinologiyaga ixtisoslashgan davolash-oldini olish muassasalari shifokorlari foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.

  Tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan dastur uchun DGU 04577 raqamli guvohnoma berildi.

 

Axborot xizmati

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 8