www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
10
октябрь
2017

E'lon!

E'lon!

 

    Lisenziat - "SAMIR-AUDIO-DISK" Xususiy korxonasiga, audivizual asarlar va fonogrammalarni sotish faoliyat turini amalga oshirish uchun berilgan, amal qilish muddati 2020 yil 9 iyulgacha bo'lgan IM 000121-son lisenziya Ekspert komissiyasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 43-son majlis bayoniga asosan va "Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 22-moddasiga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan "Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini lisenziyalash to'g'risidagi nizom" (keyingi o'rinlarda - Nizom)ga asosan O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (lisenziyalovchi organ) tomonidan 2017 yil 2 oktyabrdan boshlab qonun buzilish holatini bartaraf etish sharti bilan 10 ish kuni davomida mazkur lisenziyaning amal qilishini to'xtatib turish to'g'risida qaror qabul qilindi.
   Ma'lumotlarga ko'ra lisenziat - "SAMIR-AUDIO-DISK" Xususiy korxonasi Nizomda belgilangan lisenziya talablari va shartlariga rioya qilmasdan o'z faoliyati davomida mahalliy, shuningdek chet el mualliflari va boshqa huquq egalarining huquqlarini buzgan holda kontrafakt audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning sotilishiga yo'l qo'ygan.
 
Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 7