www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Paxtaning yangi navlari uchun patent olindi
16
октябрь
2017

Paxtaning yangi navlari uchun patent olindi

 

   O'zbekiston Respublikasi paxta yetishtirish bo'yicha jahon hamjamiyati mamlakatlari orasida etakchilardan biri hisoblanadi. Bunga mintaqamizning iqlim sharoitlari, bir necha yillar davomida yaratilgan zaruriy infratuzilmalarning va tajribali paxtakorlarning mavjudligi ko'mak beradi.

   So'nggi yillarda mamlakatimiz olimlari turli kasalliklar (viruslar va patogenlar)ga, zarakunandalarga, sho'r tuproq va boshqa noqulay iqlim sharoitlariga chidamli bo'lgan paxta tolasining yangi navlarini yaratishda ulkan natijalarga erishdilar.

   Olimlarimizning samarali mehnatlari, birinchi navbatda, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda va bu sohadagi tadqiqotlar natijalarini amalga oshirishda katta imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Shubhasiz,O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasi tarkibidagi Genomika va Bioinformatika markazi tomonidan yaratilgan paxta tolasining yangi navi yuqorida aytilganlarga misol bo'la oladi. Markaz ilmiy izlanishlarining natijasi noqulay iqlim sharoitlariga chidamli va tolasining sifat ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan "Porloq-1", "Porloq-2", "Porloq-3" va "Porloq-4" - yangi paxta navlarini yaratilishi bo'ldi.

   Shuningdek, yangi paxta tolasi navlarini yaratish bo'yicha Seleksiya, urug'chilik va agrotexnologiya instituti ("Navruz", "Jarqo'rg'on", "C-7300", "S-01", "S-2118" va "C-6570") hamda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institut ("Genofond-2") olimlari ham tadqiqotlar olib bordilar.

   "Seleksiya yutuqlari to'g'risida"gi qonunga muvofiq yuqorida sanab o'tilgan yangi paxta tolasi navlari Agentlikda tegishli ekspertizadan o'tkazildi hamda muhofaza hujjatlari berildi.

 

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4