www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » WIPO Lex- qonunlar va shartnomalarning bepul global majmuasi
18
октябрь
2017

WIPO Lex- qonunlar va shartnomalarning bepul global majmuasi

WIPO Lex- qonunlar va shartnomalarning bepul global majmuasi

 

  WIPO Lex - bu dunyo mamlakatlarining intellektual mulk (IM) sohasiga oid bo'lgan milliy qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarning keng qamrovli majmuasiga bepul kirishni ta'minlovchi global interaktiv ma'lumotlar bazasi bo'lib hisoblanadi. 

  WIPO Lex 200 ga yaqin bo'limlarni o'z ichiga olgan, alohida davlatlar va hududlarga oid 12 mingdan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan IM (patentlar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, geografik ko'rsatkichlar, mualliflik huquqlari, an'anaviy bilim, tijoriy sir va boshqalar) bilan bog'liq ko'plab mavzularni qamrab olgan xalqaro shartnomalar, konstitusiyalar, qonunlar va qonunosti hujjatlarini hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT), Butunjahon savdo tashkiloti (BST) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) a'zolari tomonidan tuzilgan ko'p tomonlama, mintaqaviy va ikki tomonlama shartnomalarni ma'lumotlar bazasi bo'yicha to'liq qidiruvni amalga oshirish va ulardan foydalanish imkonini beradi.

  WIPO Lex ixtirochilar, mualliflar va tadbirkorlarga intellektual mulk muhofazasini ta'minlovchi normativ-huquqiy vositalar to'g'risidagi ma'lumotlar qidiruvida, shuningdek IM sohasida huquq va majburiyatlarini anglashga asoslangan hududiy iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda investorlarga foydali bo'lishi mumkin.

  WIPO Lex interfeysi ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy va ispan tillarida taqdim etilgan.

  WIPO Lexga ulanishni www.wipo.int/wipolex/ruorqali amalga oshirish yoki www.ima.uz  saytidan to'g'ridan to'g'ri WIPO Lex sahifasiga o'tish mumkin.

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4