www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Jizzax viloyatida Intellektual mulk agentligi rahbariyatining sayyor qabuli o’tkazildi
25
октябрь
2017

Jizzax viloyatida Intellektual mulk agentligi rahbariyatining sayyor qabuli o’tkazildi

Jizzax viloyatida Intellektual mulk agentligi rahbariyatining sayyor qabuli o’tkazildi

 

 O’zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi rahbariyati va mutaxassislari tomonidan joriy yilning 19 oktyabr kuni Jizzax viloyati hokimligi binosida fuqarolar uchun hududiy davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Tadbirda mas'ul va manfaatdor tashkilotlar vakillari, viloyat oliy o’quv muassasalariprofessor o’qituvchilari va talabalari, tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda barcha qiziquvchilar qatnashdilar.

 

Jizzax viloyatida Intellektual mulk agentligi rahbariyatining sayyor qabuli o’tkazildi

 Uchrashuvda Agentlik rahbariyati va mutaxassislari ishtirokchilar bilan ochiq muloqotga kirishib, Agentlik faoliyatiga doir barcha savollarga javob berdilar. Xususan, intellekektual mulk sohasiga oid qonunchilik aktlari, sanoat mulklari va mualliflik huquqlari hamda turdosh huquqlarning huquqiy muhofazasi, intellektual mulk ob'ektlarini ro’yxatga olish uchun talabnomalar topshirish tartiblari qizg’in muhokama qilindi.

 

Jizzax viloyatida Intellektual mulk agentligi rahbariyatining sayyor qabuli o’tkazildi

 Shuningdek, tadbirda juda dolzarb masala - davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish haqidaso’z yuritilib, tadbir ishtirokchilariga Agentlikda ushbu masala yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar haqida, xususan, "ishonch telefoni” xizmati tashkil etilgani, Agentlikbo’yicha 2015 yil 10 iyundagi 47-buyruq asosida сhora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani, korrupsiya holatlarining oldini olish bo’yicha Komissiya tarkibitasdiqlangani to’risida ma’lumotlar berildi.

Jizzax viloyatida Intellektual mulk agentligi rahbariyatining sayyor qabuli o’tkazildi

 

Tadbir so’ngida ishtirokchilarga Agentlikda korrupsiyagaqarshi kurashish bo‘yicha tayyorlanganbukletlar tarqatildi.

Jizzax viloyatida Intellektual mulk agentligi rahbariyatining sayyor qabuli o’tkazildi

 

 

 

 

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3