www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » O'zR FA Fizika-texnika instituti "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida seminar
30
октябрь
2017

O'zR FA Fizika-texnika instituti "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida seminar

O'zR FA Fizika-texnika instituti "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida seminar

    2017 yil 27 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademik S.A.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida Intellektual mulk agentligi va"IP-CENTER" O'quv markazi mutaxassislari tomonidan O'zR Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazalash" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

 

O'zR FA Fizika-texnika instituti "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida seminar  

    Seminarda Fizika-matematika va texnik fanlar bo'limi tarkibiga kiruvchi institutlar (S.A.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti "Fizika-Quyosh" IIB, Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti, Yadro fizikasi instituti, Materialshunoslik instituti, U.A.Arifova nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, M.T.O'rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, G.A.Mavlonov nomidagi Seymologiya instituti), shuningdek, O'zR Fanlar akademiyasi Tabiiy fanlar bo'limi (S.Yu.Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi instituti va Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti) ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.

O'zR FA Fizika-texnika instituti "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida seminar

    Seminar ishtirokchilari e'tiboriga ikkita: "Ixtiro uchun talabnomani tuzishning texnik va huquqiy jihatlari" va "Ixtiro uchun talabnoma materiallarida ilmiy-texnik ekspertiza jarayonida aniqlanadigan kamchiliklar" mavzulari bo'yicha taqdimot ma'ruzalari havola etildi.

     Ma'ruzachilar ixtirolar va foydali modellar uchun talabnomalarni rasmiylashtirish jarayonining asosiy jihatlari xususida atroflicha to'xtaldilar, jumladan, ular tomonidan Agentlikka taqdim etilgan ayrim talabnomalar tahlil qilinib, ularni tayyorlashda tez-tez uchrab turadigan kamchiliklar ko'rsatib o'tildi.

O'zR FA Fizika-texnika instituti "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida seminar

    Ma'ruzalar yakunlangach, ishtirokchilar Agentlik mutaxassislariga ko'plab savollar bilan murojaat qildilar, shuningdek, o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Axborot xizmati

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3