www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Qora slanesli rudalarni kompleks qayta ishlash usuli yaratildi
06
ноябрь
2017

Qora slanesli rudalarni kompleks qayta ishlash usuli yaratildi

Qora slanesli rudalarni kompleks qayta ishlash usuli yaratildi

    "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi mutaxassislari tomonidan qora slanesli rudalardan uran, vanadiy, reniy kabi qimmatbaho metallarni, nodir qazilma elementlarni va skandiyni ajratib chiqarib olish sohasida rudalarni kompleks qayta ishlash usuli yaratildi.

   Kompleks qayta ishlash usulining mohiyati dastlabki rudani maydalash, maydalangan rudadan uran, reniy, vanadiy va nodir qazilma elementlarni sulfat kislotada agitasion yuvib ajratib olish va sulfat kislotali pulpani hosil qilish, pulpani neytralizasiya qilish, tindirilgan produktiv eritmadan uran va reniyni sorbsiyalab, qo'r eritmani va reniy va uran bilan to'yingan anionitni olish, ularni desorbsiyalab, uranli va reniyli mahsulot olish, uran va reniyni sorbsiyalab olingan qo'r eritmani oksidlash va undan anionit yoki amfolitda vanadiyni sorbsiyalab, qo'r eritmani va vanadiy bilan to'yingan anionit yoki amfolitni olish, vanidiyni anionit yoki amfolitdan desorbsiyalab, vanadiyli mahsulotni olish, vanadiyni sorbsiyalab olingan qo'r eritmadan nodir qazilma elementlarni kation almashinuv yo'li bilan sorbsiyalab, qo'r eritma va nodir qazilma elementlar bilan to'yingan kateonitni olish, ularni kationitdan desorbsiyalab, nodir qazilma mahsulotni olishdan iborat.

 

Qora slanesli rudalarni kompleks qayta ishlash usuli yaratildi

   Mualliflar Kuvandik Sanakulov, Oleg Petuxov, Anvarjon Saparov, Yuriy Zolotaryov, Azimjon Karimov va Baxtiyor Ruzievlarga ushbu ixtirolari uchun IAP 05479 raqamli patent berildi.

Axborot xizmati

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4