www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » "Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishda tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofaza olishning ahamiyati" mavzusida Matbuot anjumani bo'lib o'tdi
21
ноябрь
2017

"Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishda tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofaza olishning ahamiyati" mavzusida Matbuot anjumani bo'lib o'tdi

"Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishda tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofaza olishning ahamiyati" mavzusida Matbuot anjumani bo'lib o'tdi

    2017 yil 21 noyabr kuni Toshkent shahar "WYNDHAM Tashkent" mehmonxonasida Intellektual mulk agentligi tomonidan "Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishda tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofaza olishning ahamiyati" mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

 

   Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2017 yil 19 iyundagi Farmoniga muvofiq mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, xususiy mulk muhofazasi va kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, investisiya muhiti va ishbilarmonlik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

   Mustaqillik yillarida xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan o'zaro munosabatlarda tadbirkorlarning huquqlari ustuvorligini, xususan, tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan ishonchli huquqiy kafolatlarni ta'minlab beradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunni respublikamizda kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga qaratilgan qonunlardan biri sifatida misol qilib ko'rsatishimiz mumkin. Ushbu qonunga ko'ra tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisi bir ishlab chiqaruvchining tovar va xizmatlarini boshqa ishlab chiqaruvchining xuddi shunday tovar va xizmatlardan farqlash uchun mo'ljallangan bo'ladi va intellektual mulk ob'ekti bo'lib hisoblanadi.

    Tovar belgisi respublikamizda "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazish asosida, hamda O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligiga topshiriladi.

    So'nggi 5 yil (2012-2016 yy.) davomida Agentlikka tovar belgilari bo'yicha 13359 ta talabnoma kelib tushgan, ulardan 10362 tasi milliy talabnoma beruvchilar, 2997 tasi xorijiy talabnoma beruvchilar tomonidan topshirilgan. Milliy talabnoma beruvchilar tomonidan topshirilgan talabnomalarning 74% tadbirkorlik sub'ektlariga, jumladan: 6605 ta talabnoma - Ma'suliyati cheklangan jamiyatlar va firmalarga, 1016 ta talabnoma - xususiy tadbirkorlarga, 24 tasi unitar korxonalarga to'g'ri keladi.

"Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishda tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofaza olishning ahamiyati" mavzusida Matbuot anjumani bo'lib o'tdi

  Intellektual mulk agentligi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarini intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi sohasidagi bilimlarini oshirish bo'yicha bir qator tadbirlar o'tkazib keladi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Agentlik hamkorligida respublikamiz regionlarida yil davomida ilmiy-amaliy seminarlar va davra suhbatlari o'tkazib keladi. Masalan, Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlarida (12-14 sentyabr), Jizzax viloyatida (19 oktyabr), Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston respublikasida(24-25 oktyabr) va Samarqand viloyatida (17 noyabr) "O'zbekiston Respublikasida tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarining huquqiy muhofazasi" mavzusida o'quv seminarlari o'tkazildi.

   Shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamda Intellektual mulk agentligi va Savdo sanoat palatasi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-23 noyabr kunlari respublikamiz tadbirkorlari uchun "Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati" mavzusida mintaqaviy seminari o'tkazadi. Ushbu tadbirda BIMT mutaxassislari, Hindiston, Livan, Belorussiya, Ozarbayjon, Rossiya Federasiyasi vakillari va O'zbekiston Respublikasi Agentlik va Savdo-Sanoat palatasi mutaxassislari, tadbirkorlari hamda patent vakillari qatnashadilar.

 "Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishda tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofaza olishning ahamiyati" mavzusida Matbuot anjumani bo'lib o'tdi

  Bundan tashqari, matbuot anjumanida uning ishtirokchilariga sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, intellektual mulk ob'ektlarini ro'yxatdan o'tkazish va Intellektual mulk agentligining boshqa faoliyat yo'nalishlari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida axborot berildi.

 

"Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishda tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofaza olishning ahamiyati" mavzusida Matbuot anjumani bo'lib o'tdi

 Axborot xizmati

 

 

 

 

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5