www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » "Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati" mavzusidagi mintaqaviy seminar o'z ishini yakunladi
23
ноябрь
2017

"Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati" mavzusidagi mintaqaviy seminar o'z ishini yakunladi

    Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (Agentlik) va Savdo sanoat palatasi (SSP) bilan hamkorlikda 2017 yil 22-23 noyabr kunlari "Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati" mavzusida mintaqaviy seminar o'tkazdi.

   Ushbu tadbirda BIMT mutaxassislari, Hindiston, Livan, Belorussiya, Ozarbayjon, Rossiya Federasiyasi vakillari va O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, Savdo sanoat palatasi mutaxassislari, tadbirkorlar, hamda patent vakillari qatnashdilar.

 "Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati" mavzusidagi mintaqaviy seminar o'z ishini yakunladi

   Seminarning asosiy maqsadi BIMT faoliyatining o'rta va kichik korxonalarni qo'llab quvvatlashga oid so'nggi yangiliklari va tadbirlari hamda tadbirkorlik faoliyati uchun tovar belgilarining huquqiy muhofazasining ahamiyati, milliy va xalqaro qonunchilik, halqaro shartnomalarni o'rganish va tahlil qilish, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan milliy va xorijiy mutaxassislar o'rtasida tajriba almashishdan iborat.

   Seminarda ishtirokchilar tomonidan tovar belgilariga huquqlar to'g'risidagi masalalar keng yoritildi. Xorijiy mutaxassislar: intellektual mulk huquqi va texnologiyalar masalalari bo'yicha hindistonlik maslahatchi Arvind Vishvanatanning "Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tovar belilarining roli" mavzusidagi, BIMTning Rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o'tish davridagi mamlakatlar Departamentini tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'limi katta xodimi Silviya Trpkovskaning "Kichik va o'rta biznesning raqobatbardoshligini oshirishda IM aktivlarini samarali boshqarishning roli" mavzusidagi, Livandagi La Sages universiteti professori Per El-Xurining "Intellektual mulk aktivlarinidan foydalanish: liseseziyalash, franchayzing va merchendayzing masalalarini ko'rib chiqish" va "Xalqaro biznesda intellektual mulk masalalari" mavzusidagi ma'ruzalari tinglandi.

   Tadbirda o'zbekistonlik mutaxassislar: SSP vakili O'tkir Ne'matov "O'zbekiston Respublikasida kichik va o'rta biznesning hozirgi holati - imkoniyatlar va muammolar", Agentlikning Sanoat namunalarining ilmiy-texnikaviy ekspertizasi va topshirilgan belgilar ekspertizasi bo'limi sektor mudiri Dilorom Zufarova "Tovar belgilariga huquqlar. Tovar belgilarini muhofaza qilishning turli usullari" mavzusidagi, va patent vakili Alena Menyaylova "Tovar belgilariga huquqlarga rioya qilishni ta'minlash bilan bog'liq amaliy masalalar" mavzusida o'z ma'ruzalari bilan qatnashdilar.

"Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati" mavzusidagi mintaqaviy seminar o'z ishini yakunladi

   Shuningdek, doira suhbatlarida brendni yaratish va rivojlantirish, O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan qo'shimcha xizmatlar instrumental bazasi: IM sohasidagi asosiy xizmatlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

   BIMTning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun seksiya dasturlari rahbari Evgeniy Sesiskiy ta'kidlaganidek, Intellektual mulk agentligi tomonidan o'tkaziladigan barcha tadbirlar ixtirochilar va tadbirkorlar uchun rag'bat bo'lib xizmat qiladi hamda ularni intellektual mulk ob'ektlarini yaratish bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarni yanada rivojantirish va mustahkamlashga va intellektual mulkni samarali boshqarishga ilhomlantiradi.

"Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish istiqboli nuqtai nazaridan tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilariga huquqiy muhofazasini olish ahamiyati" mavzusidagi mintaqaviy seminar o'z ishini yakunladi

 Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5