www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Agentlikda "Konstitusiya - huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi
30
ноябрь
2017

Agentlikda "Konstitusiya - huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

   O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida "Konstitusiya- huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Davra suhbati shaklida o'tgan mazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti dosenti, yuridik fanlari nomzodi Feruza Abdurashidovna Muhitdinova o'z ma'ruzasi bilan qatnashdi.

 

Agentlikda "Konstitusiya - huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

   F.Muhitdinova o'z ma'ruzasida Bosh Qomusimiz avvalo inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta'minlash, aholimizning turmush darajasini yuksaltirishning asosiy huquqiy kafolati ekanligi qayd etildi.

   Ma'ruza davomida Konstitusiyamizni davlat va jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg'usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hozirgi kundagi muhim vazifa ekanligi aytib o'tildi.

 

Agentlikda "Konstitusiya - huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

   Shu bilan birga mamlakatimizda korrupsiya illatlariga qarshi kurashish bo'yicha ham olib borilayotgan ishlar xususida fikrlar bildirildi. Xususan 2008 yil 7 iyulda "Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi to'g'risida"gi Qonuni, 2017 yil 3 yanvarda O'zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'RQ-419-son Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son Qarori bilan 2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Davlat dasturi qabul qilinganligi, korrupsiyaning salbiy oqibatlari shu bugungina o'zining jirkanch illatlarini ko'rsatmay, balki kelgusi avlodlarga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatishligi tayin ekanligi ta'kidlandi.

 

Agentlikda "Konstitusiya - huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

   Davra suhbati so'nggida yig'ilganlar o'zlarining savollariga javoblarini oldilar va ma'ruzachiga o'zlarining minnatdorchiligini bildirdilar.

 

Axborot xizmati

 

 

 

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 5
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5