www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi va iqtisodiyot" mavzusida seminar o'tkazildi
13
декабрь
2017

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi va iqtisodiyot" mavzusida seminar o'tkazildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi va iqtisodiyot" mavzusida seminar o'tkazildi

   2017 yil 12 dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi va iqtisodiyot" mavzusida seminar tashkil etildi.

   Tadbirda Agentlik va "IP-CENTER" o'quv markazi mutaxassislari o'zlarining "O'zbekistonda intellektual mulk muhofazasi" va "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari" to'g'risidagi ma'ruzalari bilan qatnashdilar. Shuningdek, intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalar tuzish, hamda mualliflik va turdosh huquqlari to'g'risida ham ma'lumotlar berildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi va iqtisodiyot" mavzusida seminar o'tkazildi

  Universitet talabalari, doktorantlari, professor-o'qituvchilari va ilmiy xodimlari ishtirok etgan ushbu tadbir juda qiziqarli o'tdi. Barcha qatnashchilar ushbu soha bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi va iqtisodiyot" mavzusida seminar o'tkazildi

 

 Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5