www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag'ishlangan tadbirda ishtirok
19
декабрь
2017

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag'ishlangan tadbirda ishtirok

   18 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi xodimlari Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etilgan "Bosh prokuraturada ochiq eshiklar kuni" seminarida ishtirok etdilar.

   Ushbu tadbir qator tashkilotlar, xususan, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va BMT Narkotiklar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining O'zbekistondagi loyihalari koordinatori (EXHT va BMT NJQKB) hamkorligida tashkil etildi.

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag'ishlangan tadbirda  ishtirok

    Seminar ishida mamlakatimizning bir qator davlat muassasalari vakillari faollik bilan qatnashdilar.

   Seminar doirasida ushbu tadbirlar o'tkazildi:

   - BMT NJQKBnin eksperti ishtirokida xalqaro konferensiya;

   - vazirliklar va idoralarning axborot-tashviqotga oid materiallari ko'rgazmasi;

   - korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi ijtimoiy videoroliklar namoyishi;

   - Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan media-forum;

  - oliy o'quv yurtlari va kasb-hunar kolledjlari talabalari, maktablar o'quvchilari orasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavusidagi ijodiy ishlar bo'yicha o'tkazilgan milliy konkurs g'oliblarini taqdirlash marosimi.

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag'ishlangan tadbirda  ishtirok

 Axborot xizmati

 

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 7