www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida "Tibbiyot sohasidagi ixtirolarni ekspertizasini o'tkazishning xususiyatlari" mavzusida seminar o'tkazildi
26
декабрь
2017

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida "Tibbiyot sohasidagi ixtirolarni ekspertizasini o'tkazishning xususiyatlari" mavzusida seminar o'tkazildi

   Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda "Tibbiyot sohasidagi ixtirolarni ekspertizasini o'tkazishning xususiyatlari" mavzusida seminar tashkil etildi.

   Tadbirda Agentlikning Ixtirolarning davlat ilmiy-texnik ekspertizasi va foydali modellar ekspertizasi bo'limi ekspertlari va "IP-CENTER" o'quv markazi mutaxassislari qatnashdilar.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida "Tibbiyot sohasidagi ixtirolarni ekspertizasini o'tkazishning xususiyatlari"  mavzusida seminar o'tkazildi

 

   Seminarda "O'zbekiston respublikasi patentini olish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko'rib chiqish qoidalari" va "Tibbiyot sohasidagi ixtirolarni ekspertizasini o'tkazishning xususiyatlari" to'g'risida prizentasiyalar qilindi.

   Prezentasiyalarda patent olish uchun tuzilgan tibbiyot sohasidagi ixtirolarning alohida xususiyatlari, shuningdek talabnoma topshiruvchilar tomonidan talabnoma tuzishda yo’l qo’yadigan xatoliklari to’g’risidagi masalalar yoritib berildi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida "Tibbiyot sohasidagi ixtirolarni ekspertizasini o'tkazishning xususiyatlari"  mavzusida seminar o'tkazildi

   Tadbirda qatnashgan institut doktorantlari va ilmiy xodimlari o'zlarining tibbiyot sohasidagi ixtirolarni ekspertizasi jarayonida yuzaga keladigan savollar bo'yicha, shuningdek chet elda huquqiy muhofazaolish, talabnomalarni onlayn topshirish tartiblari to'grisidagi savollariga javoblar oldilar.

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 6