www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlari uchun tanlov "Best IP - 2018"
09
январь
2018

Eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlari uchun tanlov "Best IP - 2018"

Intellektual mulk ob’ektlari, jumladan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i hamda EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi uchun berilgan huquqiy muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari, olimlar, tadqiqotchilar, yosh dasturchilar va boshqa huquq egalari
DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Respublikada eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash orqali ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish hamda yoshlarni innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Eng yaxshi ixtiro”, "Eng yaxshi foydali model”, "Eng yaxshi sanoat namunasi”, "Eng yaxshi seleksiya yutug‘i”, "Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” hamda "Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi” nominatsiyalari bo‘yicha "Best IP - 2018" tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga so‘nggi 3 yil (2015-2017 yillar) davomida muhofaza hujjatlari olingan va amalda saqlab turilgan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari hamda mahalliy mualliflar (huquq egalari) tomonidan yaratilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari hamda seleksiya yutuqlari qabul qilinadi.
Tanlovning yoshlar o‘rtasidagi eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi nominatsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha 40 yoshga to‘lmagan o‘zining EHM uchun yaratilgan dasturiga ega bo‘lgan shaxslar hujjatlarini topshirishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2018 yilning 10 yanvaridan 2018 yil 10 apreliga qadar qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari "26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni” arafasida e’lon qilinadi hamda esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
- ariza (tanlov Nizomining 1-ilovasiga muvofiq shaklda to‘ldirilgan);
- muhofaza hujjati (lari)ning nusxasi;
- ob’ektdan foydalanish dalolatnomasi yoki ob’ektni foydalanishga tayyorligi to‘g‘risidagi boshqa hujjat (tajriba yoki sanoat sinovi dalolatnomasi, litsenziya shartnomasi, tadbiq qilish dalolatnomasi va sh.k.)
Tanlovga talabnomalar ish kunlari soat 9:00dan 17:00 gacha quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:
100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59-uy
(5-qavat, Agentlik kutubxonasi).
Shuningdek, tanlovga hujjatlar elektron tarzda tanlov.ima.uz elektron manzilida ham qabul qilinadi.
Hujjatlar Eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlari uchun "Best IP – 2018” tanloviga” deb ko‘rsatilgan holda topshirilishi lozim.
Ma’lumot uchun telefonlar: 0 371 232-50-27, 0 371 232-50-50,
0 371 232-50-13
Ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan ariza va hujjatlar tanlov ishtirokchilariga qaytarilmaydi va ularga taqrizlar berilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirish
tanlov nizomi .docYuklab olish [ Jami: 105,5 Kb | Yuklab olishlar soni: 74 ]
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 6