www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » YANGI ELEKTRON KATALOG uning vositasida muzeylar, kutubxonalar, ayniqsa, arxivlar ish unumdorligi ortadi
16
январь
2018

YANGI ELEKTRON KATALOG uning vositasida muzeylar, kutubxonalar, ayniqsa, arxivlar ish unumdorligi ortadi

YANGI ELEKTRON KATALOG uning vositasida muzeylar, kutubxonalar, ayniqsa, arxivlar ish unumdorligi ortadi

 

O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi mutaxassislari tomonidan arxiv axborot resurslarining yig`ma elektron katalogi dasturi yaratildi. Dastur arxivlar, kutubxonalar, muzeylarda qo`llanilishi ko`zda tutilgan. Ushbu dasturning maqsadi arxiv muassasalarida saqlanadigan axborotlar haqida ma'lumotlarni tezkorlik bilan olish va ularga kirishni ta'minlash uchun arxiv fondlarining yig`ma elektron katalogini yaratish orqali O`zbekiston arxiv axborot resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlash hisoblanadi. Dastur arxivlarning yig`ma elektron katalogidan foydalanish orqali zarur ma'lumotlarni (o`nlab va yuzlab marotaba) izlash samaradorligini oshirish, arxivning, ma'lumotlar bazalarining qimmat elektron resurslardan foydalanish orqali axborotlarni taqdim etish doirasini kengaytirish, davlat arxivi foydalanuvchilariga maxsus ma'lumotlar bazasidan olingan xilma-xil, qimmatli hamda ishonchli axborotlardan foydalanish orqali xizmat ko`rsatish samaradorligi va sifatini oshirish, talabnoma bo`yicha hujjatlarni shakllantirish uchun maxsus dasturiy vositalardan foydalanish orqali arxivdan tahliliy va xulosaviy hujjatlarni shakllantirish samaradorligini va sifatini oshirish, shuningdek foydalanuvchilarning hujjatlardan foydalanish statistikasini yuritish imkonini beradi.

Mualliflar - A.Abdullaev, B.Ahmedov, Sh.Muhammadjonov, A.Turapov, M.Raxmatullaevga ushbu dastur uchun № DGU 04802 raqamli guvohnoma berildi.

 

Axborot xizmati

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3