www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Xavfsizlikni ta’minlash uchun yangi qurilma
31
январь
2018

Xavfsizlikni ta’minlash uchun yangi qurilma

 

   "ELDAS" mas'uliyati cheklangan jamiyatining ilmiy xodimi Durbek Yakubov tomonidan avtofurgonlar, temir yo’l sisternalari, omborxonalar eshiklarini qulflash va bir paytning o’zida plombalash imkonini beruvchi berkitish-plombalash uskunasi ixtiro qilindi. Yangi ishlanma ochishga bardoshli, ya'ni ishonchlilik darajasi yuqori bo’lishi bilan birga qurilmani qulflashda ko’p kuch sarfini talab qilmasligi bilan o’ziga xosdir.

   Berkitish-plombalash qurilmasi bungacha ma'lum bo’lgan shu turdagi qurilmalardan tubdan farqlanadi, eng avvalo, u konstruksiyaningpishiqva mukammal texnik yechim bilan bajarilgani, bunday qurilmalarga qo’yiladigan zamonaviy xavfsizlikni ta'minlash talablariga javob berishi bilan afzaldir. Bundan tashqari, bu qurilmani sanoat ishlab chiqarishining barcha sohalari va yana ko’plab boshqa tarmoqlarda qo`llash imkoniyati mavjudligi, unga bo’lgan talabning yuqori bo`lishini ta'minlaydi.

   Agentlik tomonidan qurilma yaratuvchisi D. Yakubovga IAP 05509 raqamli patent topshirildi.

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 1