www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Agentlikda korrupsiya holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan o'quv seminari bo'lib o'tdi
06
февраль
2018

Agentlikda korrupsiya holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan o'quv seminari bo'lib o'tdi

   O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida korrupsiya holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan o'quv seminari tashkil etildi. O'quv seminarida Agentlik va tizimdagi O'quv markazi davlat unitar korxonasi xodimlari ishtirok etdilar.

   Mazkur o'quv seminarida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri yu.f.d., Toshev Boboqul Norqobilovich o'z ma'ruzasi bilan qatnashdi. 

 

  Agentlikda korrupsiya holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan o'quv seminari bo'lib o'tdi

  Ma'ruzachi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari xususan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo'yicha dolzarb masalalar, hamdabu boradaO'zbekistonda mazkur yo'nalishda olib borilayotgan islohotlar ham keng yoritildi.

   Agentlikda korrupsiya holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan o'quv seminari bo'lib o'tdi

    Shuningdek, intellektual mulk yo'nalishida korrupsiyani oldini olish bo'yicha jahon davlatlarining tajribasi xususan, qonunchilik tizimi, javobgarlik choralari va boshqa muhim masalalar aytib o'tildi.

    O'zaro savol-javob va bahs-munozara shaklida o'tgan ushbu seminar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 1