www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Faoliyat turini lisenziyalash

Faoliyat turini lisenziyalash

 Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini lisenziyalash


"O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi "Amalga oshirilishi uchun lisenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro'yxati to'g'risida"gi 222-II-son qaroriga asosan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini lisenziyalanadigan faoliyat turlari bo'lib hisoblanadi.





Umumiy ма'lumotlar



 

 

Mazkur faoliyat turlarini lisenziyalash bilan bog'liq munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2012 yil 15 martdagi 72-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan "Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini lisenziyalash to'g'risida Nizom" (keyingi o'rinlarda - Nizom)ga asosan tartibga solinadi.

Nizomning 3-bandiga muvofiq, Mazkur Nizomning maqsadlariga ko'ra: audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash; audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish; audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish; fonogrammalarni tayyorlash faoliyat turlari lisenziyalanadi.

Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) lisenziya beriladi.

Lisenziyalarni berish, amal qilishini to'xtatib turish yoki to'xtatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qaytadan rasmiylashtirish haqidagi qarorlar O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (lisenziyalovchi organ) tomonidan qabul qilinadi.

Nizomning 5-bandiga asosan, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlari yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi N 72 son qarori.


 





Lisenziya olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar




 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son 

   Qaroriga asosan Audiovizual asarlarni, fonogramma va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyat turlarini amalga oshirishga Lisenziya olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar
RO’YXATI


 
1) Lisenziya berish to'g'risida ariza, unda quyidagilar ko'rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank nomi va bankdagi hisob-kitob raqami;
lisenziya beriladigan faoliyat turi (yohud uning bir qismi);
2) Yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;
3) Ariza ko'rib chiqilganligi uchun lisenziya talabgori tomonidan yig'im to'langanligini tasdiqlaydigan hujjat.
4) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish faoliyatini amalga oshirish uchun:
- lisenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotib olinganligi to'g'risidagi hujjat (shartnoma, invoys va hokazolar);
- yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusxalari - sotilayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobi olib borilishi bo'yicha mas'ul shaxs uchun;
5) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashfaoliyatini amalga oshirish uchun:
- lisenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar to'g'risidagi ma'lumotlar;
- lisenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar ("Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 38 - 42-moddalariga muvofiq tuzilgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga bo'lgan mualliflik va (yoki) turdosh huquqlarga ega bo'lish to'g'risidagi shartnomalar)ning nusxalari;
- yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusxalari - audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning takrorlangan nusxalarining hisobi olib borilishi bo'yicha mas'ul shaxs uchun;
6) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun:
- lisenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomalari)ning nusxalari;
- yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusxalari - prokatga berilayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobi olib borilishi bo'yicha mas'ul shaxs uchun;
7) fonogrammalarni tayyorlashfaoliyatini amalga oshirish uchun:
- lisenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mavjud moddiy-texnik baza,
asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar to'g'risidagi ma'lumotlar;
- lisenziya talabgorining fonogrammalarni tayyorlash huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar ("Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 38 - 42-moddalariga muvofiq tuzilgan fonogrammalarni tayyorlash to'g'risidagi shartnomalar)ning nusxalari;
- yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq - tayyorlanayotgan fonogrammalarning hisobi olib borilishi bo'yicha mas'ul shaxs uchun;

Izoh: Noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar taqdim etilganligi uchun lisenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javobgardir.



Qo'shimcha ma'lumot olish uchun telefon raqami: 8(371) 232-50-66
Lisenziya olishga ariza k¢rib chi?ilganligi uchun to'lanadigan yig'im
(eng kam oylik ish haqining 2 baravari - 299550 so'm miqdorida) quyidagi hisob raqamiga o'tkaziladi:
OLUVChI O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G'aznachiligi
STIR 201122919
XXTUT 97300
Hisob raqami 2340 2000 3001 0000 1010
Oluvchining Banki Markaziy Bankning Toshkent shahar XKKM
MFO Oluvchining Banki 00014
To'lov maqsadi Lisenziya olishga ariza ko'rib chiqilganligi uchun yig'im, O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
(ИNN 302070846, h/r 400110860262697950100132001)



Аriza blankasi.docYuklab olish [ Jami: 41 Kb | Yuklab olishlar soni: 286 ]

 





Interактiv хizmatdаn foydalanish



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarorining 2-ilovasi, 18-bandi ijrosini ta'minlash doirasida lisenziya va ruxsat beruvchi hujjatlar berish sohasida interaktiv xizmatlar joriy etishga ixtisoslashgan "Lisenziya” axborot tizimi majmuasi (ATM) yaratildi. (https://license.gov.uz) O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qarorining 1-ilovasidagi Nizom maqsadlariga ko'ra quyidagi faoliyat turlari bo'yicha: audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash (yoxud uning bir qismiga); audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish(yoxud uning bir qismiga); audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish(yoxud uning bir qismiga); fonogrammalarni tayyorlash - ariza va hujjatlarni elektron tarzda qabul qilish (lisenziya berish to'g'risida ariza, berilga lisenziyani qayta rasmiylashtirish, berilgan lisenziyani dublikatini berish, berilgan lisenziyani amal qilishini tugatish va boshqa) jarayonlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu faoliyat turlari bilan shug'ullanadigan yoki shug'ullanish istagida bo'lgan barcha yuridik shaxslar raqamli imzo orqali ushbu davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin. Davlat xizmatidan foydalanish uchun quyidagi xavolaga o'ting:https://license.gov.uz/licensing_content/143/

 

Hamda ushbu xizmat interaktiv ko’rinishda O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ham joylashtirilgan. Xizmatdan foydalanish uchun ushbi hаvоlani bosing.


скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2