www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Farg'ona davlat universiteti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi tashkil etiladi
13
февраль
2018

Farg'ona davlat universiteti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi tashkil etiladi

Farg'ona davlat universiteti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi tashkil etiladiFarg'ona shahrida Intellektual mulk agentligining Bosh direktori o'rinbosari B.T.Sagdullaev va "IP-CENTER" - intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha o'quv markazi direktori M.S.Mansurov bilan Farg'ona Davlat universiteti, Farg'ona politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg'ona filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg'ona filiallari rahbar va ilmiy xodimlari, doktorantlari, hamda iqtidorli talabalar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.


 

Farg'ona davlat universiteti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi tashkil etiladi Davra suhbati Respublikamizda intellektual mulk ob'ektlari huquqiy muhofazasi, aynan ixtirolar va foydali modellarga oid savol-javoblar tarzida o'tkazildi. Shuningdek, Farg'ona Davlat universiteti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazini (FDU TIQM) tashkil etish masalasi muhokama etildi.

  

Farg'ona davlat universiteti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi tashkil etiladiTadbirdan so'ng Farg'ona Davlat universiteti rahbariyati va "IP-CENTER" o'quv markazi direktori tomonidan FDU TIQMni tashkil etish to'g'risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar ro'yxati hamda tashkilotlar o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Bitim hujjatlari imzolandi.


 

Axborot xizmati

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 1