www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur - xalqimizning dunyo tan olgan buyuk siymolari
12
февраль
2018

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur - xalqimizning dunyo tan olgan buyuk siymolari

Agentlikda ularning tavallud kuniga bag'ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi
 
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur - xalqimizning dunyo tan olgan buyuk siymolari 12 yanvar kuni Intellektual mulk agentligida ulug' mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan madaniy-ma'rifiy kecha o'tkazildi.
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining katta ilmiy xodimi, adabiyotshunos olim Nodir Jo'raqo'ziev tomonidan "Navoiy va Bobur ijodida Vatan madhi", "O'zbek adabiy tili rivojida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining o'rni" mavzularida qiziqarli ma'ruzalar taqdim etildi.
 
 
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur - xalqimizning dunyo tan olgan buyuk siymolari Ma'ruzalar davomida Navoiy va Bobur ijodida ulug'langan olijanoblik, halollik, mardlik, kamtarlik, adolatparvarlik, sevgi va vafo kabi fazilatlar insonlar tomonidan hamisha ulug'lanib kelingant va bu tushunchalar o'z qadr-qimmatini va dolzarbligini hech qachon yo'qotmasligi alohida ta'kidlab o'tildi.
 
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur - xalqimizning dunyo tan olgan buyuk siymolari Tadbir yakunida Agentlik xodimlari Navoiy va Bobur ijodidan namunalarni o'zbek va ingliz tillarida o'qib berdilar.
 
Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 1