www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » "DOC-ENT - hujjat almashinuvining avtomatlashtirilgan tizimi" dasturi yaratildi
14
февраль
2018

"DOC-ENT - hujjat almashinuvining avtomatlashtirilgan tizimi" dasturi yaratildi

"DOC-ENT - hujjat almashinuvining avtomatlashtirilgan tizimi" dasturi yaratildi

   "LOTUS ATLANT" mas'uliyati cheklangan jamiyati mutaxassisi tomonidan kiruvchi va chiquvchi xat-xabarlarni, fuqarolar murojaati, ichki tipdagi hujjatlarni hisobga olish va ro'yxatdan o'tkazish uchun mo'ljallangan "DOC-ENT - hujjat almashinuvining avtomatlashtirilgan tizimi" dasturi yaratildi.

   Dastur - Ishonch telefonlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) hamda Virtual qabulxona orqali kelgan fuqarolarning murojaatnomalarini hisobga olish va ro'yxatdan o'tkazish, tizim hujjatlarning bajarilish jarayonini ularning ro'yxatga olinishidan boshlab nazoratdan chiqarilgunigacha kuzatish va nazorat qilish imkonini beradi.

   Tizimda xabar berish mexanizmlari SMS, Push notification hamda IYR telefoniya orqali amalga oshiriladi. Dastur quyidagi modullardan tuzilgan: Elektron pochta - Hujjatlar - Fuqarolarning murojaatlarini ro'yxatga olish - Hujjatlar arxivi - Topshiriq trekeri.

   Dasturdan egalik shakliga va faoliyat doirasidan qat'iy nazar barcha sub'ektlar foydalanishi mumkin.

   Muallif Jamolov Shamshodga ushbu dasturiy mahsuloti uchun DGU 04912-raqamli guvohnoma berildi.
 
Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3