www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Intellektual mulk ob'ektlari asosida innovasiyalarning shakllanishi" mavzusida seminar-trening o'tkazildi
15
март
2018

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Intellektual mulk ob'ektlari asosida innovasiyalarning shakllanishi" mavzusida seminar-trening o'tkazildi

14 mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida (Markaz) "Intellektual mulk ob'ektlari asosida innovasiyalarning shakllanishi" mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.

Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy xodimlari, aspirantlari hamda Markaz tinglovchilari qatnashdilar.Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Intellektual mulk ob'ektlari asosida innovasiyalarning shakllanishi" mavzusida seminar-trening o'tkazildi

 

Tadbir qatnashchilariga Intellektual mulk agentligi Tahliliy ishlar va patent hujjatlari bo‘limi boshlig’i, texnika fanlari doktori Raximov Farxod tomonidan "Intellektual mulk ob'ektlari asosida innovasiyalarning shakllanishi" mavzusida ma'ruza qilindi.

Shuningdek Agentlik mutaxassisi tomonidan "O'zbekiston respublikasida intellektual mulk muhofazasi" mavzusida prezentasiya qilindi, hamda intellektual mulk sohasidagi qonunlarga bugungi kunda kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Shu bilan birga seminar-trening qatnashchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va tadbir yakunida ma'ruzachilarga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Intellektual mulk ob'ektlari asosida innovasiyalarning shakllanishi" mavzusida seminar-trening o'tkazildi

 

Axborot xizmati

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2