www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Agentlikda Oliy o'quv yurtlari mutasaddi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
16
март
2018

Agentlikda Oliy o'quv yurtlari mutasaddi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

15 mart kuni Agentlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-sonli qarorida belgilangan vazifalarning bajarilishi bo'yicha turli vazirliklar tasarrufidagi Toshkent shahri oliy ta'lim institutlari ilmiy ishlar bo'yicha prorektorlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.Agentlikda Oliy o'quv yurtlari mutasaddi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

 

Unda Respublikamizning fan va ta'lim muassasalariga o'ta zarur bo'lgan patentshunoslarni oqitish, BIMT va boshqa texnologiyalar transferi, tijoratlashtirish amaliy tajribasiga ega xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda intellektual mulk ob'ektlarini tijoratlashtirishga doir seminarlar o'tkazish, Agentlik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda intellektual mulk ob'ektlari bo'yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash o'quv kurslarini tashkil etish hamda Agentlik tomonidan e'lon qilingan eng yaxshi intellektual mulk ob'ektlarini aniqlash va rag'batlantirishga yo'naltirilgan "Best IP-2018" tanlovi bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. Agentlikda Oliy o'quv yurtlari mutasaddi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

 

Agentlik Bosh direktori o'rinbosari M. Bobojanov qarorda yuklatilgan masalalar bajarilish holati, oliy o'quv yurtlarining olgan intellektual mulk ob'ektlariga muhofaza hujjatlari to'g'risidagi statistik axborotlarni hamda "Best IP-2018" tanloviga kelib tushgan arizalar to'g'risidagi mavjud holat borasida batafsil axborot berdi.

Tadbir qatnashchilari kun tartibidagi masalalarni atroflicha muhokama qildilar, yuklatilgan vazifalarni to'laqonli bajarishga yo'naltirilgan tegishli qarorlar qabul qilindi. Agentlikda Oliy o'quv yurtlari mutasaddi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

 

Axborot xizmati

 

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2