www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida
17
март
2018

O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida

  O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlariga  kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida
    Ma'lumki, 2017 yil 14 sentyabrda 446-sonli O'zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan edi.

    Ushbu qonunga binoan "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida", "Seleksiya yutuqlari to'g'risida" va "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi qonunlarga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan edi. Ushbu o'zgartirishlar Qonun kuchga kirgan kundan e'tiboran olti oy o'tgach amalga kiritilishi belgilab qo'yilgan edi. Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida o'tgan davr mobaynida Agentlik tomonidan intellektual mulk bilan bog'liq ayrim Qoidalarga ham o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritildi, hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olindi. Jumladan, "Foydali modelga O'zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari", "Seleksiya yutug'i patentining amal qilishini tiklash qoidalari", "Tovar belgisiga va xizmat ko'rsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to'g'risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalari", "O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyasiya kengashiga apellyasiyalar va arizalarni topshirish hamda ko'rib chiqish qoidalari" va boshqa normativ hujjatlar.

    Yuqorida qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlar respublikamiz ixtirochilari, tadbirkorlari va seleksionerlari uchun yanada qulaylik va keng imkoniyatlar yaratadi.

  •  Birinchidan, ixtirochilar foydali model sifatida endilikda mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammlari, o'simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlariga) va usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy ob'ekt ustida hatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli bo'lgan texnik yechimlarni foydali model sifatida Agentlikka talabnoma sifatida topshirishlari mumkin. Foydali model sifatida muhofaza qilinadigan ob'ektlar turkumini bunday kengaytirilishi yaratilgan intellektual mulk ob'ektining ekspertiza muddatlarini qisqartirishga hamda patent olish bilan bog'liq harakatlarni amalga oshirishda to'lanadigan patent bojlarini miqdorini kamaytirishga qaratilgan.
  • Ikkinchidan, seleksiya yutuqlariga patent berish avval ma'lumotlar e'lon qilingan sanadan e'tiboran 6 oydan keyin emas, balki o'n ish kuni o'tgach beriladigan bo'ldi. Shuningdek, patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e'tiboran uch yil ichida patent egasi tomonidan iltimosnoma topshirilsa patentining amal qilishiga ko'ra tiklanishi mumkin.
  • Uchinchidan, korxonaning xodimi bo'lgan muallif bevosita o'z nomiga patent olishi mumkin bo'lgan hollar aniqlashtirildi.
     Eslatib o'tamiz qabul qilingan ushbu normalar 2018 yilning 18 martidan kuchga kiradi.

 

Axborot xizmati

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2