www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi yaratildi
23
март
2018

Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi yaratildi

Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi yaratildi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi mutaxassisi "Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi" dasturini ishlab chiqdi.

Tizimni ishlab chiqishdan maqsad - xorijiy tilni bilish bo'yicha o'zining bilim va malaka darajasini aniqlash istovchilar uchun qulayliklar yaratish: foydalanuvchidan hech qanday qo'shimcha dasturlarni o'rnatish talab etilmaydi; bir vaqtning o'zida bir nechta kishi xorijiy tilni bilishi va bilim darajasini aniqlash bo'yicha test sinovida qatnashishi mumkin. Tizimning vazifasi xalqaro e'tirof etilgan standartlarga muvofiq xorijiy tillarni bilish va bilim darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish, tadqiqotchi-izlanuvchilarni, shu jumladan, masofadan turib internet orqali testdan o'tkazishni tashkil etish, ularning xorijiy tilni bilishi va bilim darajalarini aniqlashga qarab davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishdan iborat.

Dastur muallifi Nizomiddin Ochilovga DGU 04964 raqamli guvohnoma berildi.
 
Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4