www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
24
март
2018

E’lon

E’lon Intellektual mulk agentligining navbatdagi bo'lib o'tadigan Hay'at majlisi kun tartibiga "Texnik yo'nalishlarda ixtiro va foydali modelga patent olish uchun topshirilgan talabnomalarning mohiyat bo'yicha ekspertizasining o'ziga xos tomonlari va uni takomillashtirish bo'yicha takliflar", "Ko'r va ko'rish qobiliyati zaif yoki chop etilgan ma'lumotlarni idrok qilish qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarning nashr etilgan asarlar uchun imkoniyatlarini osonlashtirish to'g'risidagi Marokash shartnomasining ahamiyati, unga qo'shilishdagi maqsad va vazifalar" va "O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunining ijrosi yuzasidan Agentlikda amalga oshirilayotgan ishlar" to'g'risidagi masalalar kiritilganligini ma'lum qilamiz.

Hay'at majlisi Joriy yilning 29 mart kuni soat 1500da Intellektual mulk agentligi majlislar zalida o'z ishini boshlaydi. Agentlikning Hay'at majlisi ishida qatnashishni hohlagan yuridik va jismoniy shaxslar (71) 232 50 08, 232 50 32 telefonlari orqali majlisda qatnashish shartlari bilan tanishishlari va ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Boshqa yangiliklar:

11 январь 2018 E'LON!
20 декабрь 2017 E'lon!
25 сентябрь 2017 E'lon!
31 июль 2017 E'lon!
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2