www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Intellektual mulk agentligi va Farg'ona Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi hamkorligida seminar o'tkazildi
29
март
2018

Intellektual mulk agentligi va Farg'ona Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi hamkorligida seminar o'tkazildi

Intellektual mulk agentligi va Farg'ona Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi hamkorligida seminar o'tkazildiIntellektual mulk agentligi va Farg'ona Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi hamkorligida "O'zbekistonda ixtirolar va foydali modellar huquqiy muhofazasi" mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Intellektual mulk agentligi rahbariyati, mutasaddi xodimlari va "IP-CENTER" - intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha o'quv markazi rahbariyati, Farg'ona Davlat universiteti rektori, Farg'ona Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi mutaxassislari, hamda Farg'ona politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg'ona filiali ilmiy xodimlari va doktorantlari qatnashdilar.

Tadbir qatnashchilari uchun Agentlik mutaxassislari tomonidan seminar mavzusiga oid ma'ruzalar qilindi. Shuningdek O'zR "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari" Qonuniga kiritilgan so'nggi o'zgartirishlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

O'z navbatida qatnashchilar tomonidan ixtirolar va foydali modellarga talabnoma tuzishda yuzaga keladigan savollar bo'yicha ma'ruzachilarga berilgan savollarga to'laqonli javoblar berildi.

Intellektual mulk agentligi va Farg'ona Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi hamkorligida seminar o'tkazildi

 

Axbotor xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2