www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Xalqaro intellektual mulk kunining 2018 yilgi mavzusi "O'zgarishlar uchun quvvat manbai: Ijodkor va innovator ayollar"
09
апрель
2018

Xalqaro intellektual mulk kunining 2018 yilgi mavzusi "O'zgarishlar uchun quvvat manbai: Ijodkor va innovator ayollar"

Xalqaro intellektual mulk kunining 2018 yilgi  mavzusi  "O'zgarishlar uchun quvvat manbai: Ijodkor va innovator ayollar" XXI asr texnologiyalar asri bo'lgani uchun yangilanishlarga zamin yaratadi. 2018 yilni davlatimiz rahbari tomonidan "Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" deb nom berilgani mamlakatimizda innovasion loyihalar rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratmoqda va yangi g'oyalar, ixtirolar tobora ommalashib bormoqda.

Ma'lumki, 26 aprel - Xalqaro intellektual mulk kuni butun dunyoda nishonlanib keladi va har yili Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ushbu bayram kunini o'zgacha bir nom bilan ataydi.

BIMT bu yilgi bayram tadbirlarini "O'zgarishlar uchun quvvat manbai: Ijodkor va innovator ayollar!" degan mavzuga bag'ishladi.

Dunyoda deyarli har kuni aynan ixtirochi ayollarning ilmiy-intellektual salohiyati va mehnati natijasi o'laroq, hayotimizni yaxshi tomonga o'zgartiruvchi hamda dunyoqarashimiz sarhadlarini, moddiy-ma'naviy imkoniyatlarimizni kengaytirishga xizmat qiladigan, turli sohalarga - nanotexnologiyalar, tibbiyot, sun'iy intellekt va robottexnikalar, qo'yingchi hayotimizning har bir jabhasiga daxldor bo'lgan yangi ixtirolar, ishlanmalar yaratilmoqda.

Ayollarning kino san'ati, animasiya, musiqa, moda, dizayn, haykaltaroshlik, raqs, adabiyot, san'at va ijodiy jarayon bilan bog'liq boshqa sohalarda tutgan muhim o'rni, ularning bu sohalar rivojiga qo'shayotgan ulkan hissasi-chi!Bu jabhalarda ayollar hamisha ilg'or: san'at asarini his etish, badiiylik tushunchasini yangidan-yangi ko'rinishlarda talqin etish, umuman, dunyo madaniyati konsepsiyasining yangi qirralarini kashf etishda ular benazirdirlar.

 

Xalqaro intellektual mulk kunining 2018 yilgi  mavzusi  "O'zgarishlar uchun quvvat manbai: Ijodkor va innovator ayollar" Yorqin, tashabbuskor, o'zidagi g'ayrat-shijoatni atrofdagilarga ham yuqtirishga qodir bo'lgan juda ko'p sonli ayollarimiz tufayli dunyomizda ijobiy o'zgarishlar yuz bermoqda. "Biz bunga qodirmiz!" degan mashhur shior ayollar tomonidan baralla aytilganda, barchani ilhomlantiradi. Zamondosh ayollarimizning mislsiz muvaffaqiyatlari kelajakda yaratish va ijodiy izlanish orzusi bilan ulg'ayib kelayotgan yosh qizlar uchun bebaho merosdir.

Barcha davlatlar qatori ushbu bayram munosabati bilan respublikamizda ham bir qator tadbirlar va tanlovlar o'tkazilishi yo'lga qo'yilgan. Jumladan, Intellektual mulk agentligi joriy yilning 26 aprel kuni respublikamiz OAV uchun "Xalqaro intellektual mulk kuni va "Best IP - 2018" tanlovi yakunlari"ga bag'ishlangan matbuot anjumani hamda Respublikada eng yaxshi intellektual mulk ob'ektlarini aniqlash va rag'batlantirish uchun o'tkazilgan "Best IP - 2018" tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazishni rejalashtirgan.

 

Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5