www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Respublikamiz sudyalari uchun "Intellektual mulk muhofazasining amaliy masalalari va sud amaliyoti" mavzusida o'quv-amaliy seminar tashkil etilmoqda
11
апрель
2018

Respublikamiz sudyalari uchun "Intellektual mulk muhofazasining amaliy masalalari va sud amaliyoti" mavzusida o'quv-amaliy seminar tashkil etilmoqda

Respublikamiz sudyalari uchun "Intellektual mulk muhofazasining amaliy masalalari va sud amaliyoti"  mavzusida o'quv-amaliy seminar tashkil etilmoqda Joriy yilning 14 aprelidaToshkent shahar iqtisodiy sudi binosida Agentlik tomonidan Respublikamiz sudyalari uchun "Intellektual mulk muhofazasining amaliy masalalari va sud amaliyoti" mavzusida o'quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.

O'quv-amaliy seminari tinglovchilari sifatida Oliy sud, Toshkent shahar iqtisodiy sudi, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi, Toshkent viloyati, Samarqand viloyati va Jizzax viloyati iqtisodiy sudlari, hamda Toshkent shahrining barcha tumanlararo sudlari sudyalari qatnashadilar.

Seminarning asosiy maqsadi Intellektual mulk sohasidagi nizolarni ko'rib chiqish tizimini yanada takomillashtirish va mazkur sohadagi sudlarda ishlarning mukammal ko'rib chiqilishini ta'minlash uchun respublikamiz sudyalarining intellektual mulk sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan bo'lib, tadbir qatnashchilari uchun Rossiya Davlat Intellektual mulk akademiyasi mutaxassislari ma'ruzalar bilan ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

 
Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5