www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » "Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g’oliblari aniqlandi
26
апрель
2018

"Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g’oliblari aniqlandi

"Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g’oliblari aniqlandi
Intellektual mulk agentligi respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag'batlantirish, innovasion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko'maklashish, ilg'or texnologiyalarni tadbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qo'llab-quvvatlash, eng yaxshi mulk ob'ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, dasturiy mahsulotlar va seleksiya yutuqlari yo'nalishlari bo'yicha "Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi o'tkazilishini e'lon qilgan edi.

Tanlovda qatnashish uchun Agentlikka barcha nominasiyalar bo'yicha jami 188 ta talabnoma kelib tushdi, jumladan, ixtirolarga 40 ta, foydali modellarga 22 ta, sanoat namunalariga 27 ta va seleksiya yutuqlariga 7 ta, shuningdek tanlovning Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma'lumotlar bazasi bo'yicha 92 ta, hamda Yoshlar o'rtasida eng yaxshi EHM uchun dasturi muallifi nominasiyalari bo'yicha 17 ta talabnomalar kelib tushdi.

"Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g’oliblari aniqlandi

Tanlov goliblarini aniqlash va taqdirlash boyicha Intellektual mulk agentligi, O’zbekiston Innovasion rivojlanish vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Axborot texnologiyalarini va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi mutasaddi xodimlaridan iborat Tanlov tashkiliy qo'mitasi tashkil qilindi.

Tanlov tashkiliy qo'mitasi qaroriga muvofiq Yillik tanlov g'oliblari aniqlandi va " Сity Palace " mehmonxonasida g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Quyidagilar"Best IP - 2018" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari deb topildilar:

"Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g’oliblari aniqlandi 

2018 yilning "Eng yaxshi ixtiro" nominasiyasi g'oliblari:

1-o'rin Fosforli o’g’it olish usuli (Toshkent kimyo-texnologiya instituti)

2- orin. Donalashtirilgan ammiakli selitra olish usuli (O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti)

3-o'rin. Stomatologik plombalovchi mahsulotning tarkibi (Ruzibaeva Aziza Rustam qizi)

 "Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g’oliblari aniqlandi

2018 yilning "Eng yaxshi foydali model" nominasiyasi g'oliblari:

1-o'rin. Bolg’achali tegirmon (I.Karimov nomli Toshkent davlat texnika universiteti)

2-o'rin. Quyosh fotoenergetik qurilmasi (O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ulug’bek nomidagi Astronomiya instituti)

3-o'rin. Ipak qurti g’umbagini jonsizlantirish va quritish uchun qurilma (I.Karimov nomli Toshkent davlat texnika universiteti)

"Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g’oliblari aniqlandi

2018 yilning "Eng yaxshi sanoat namunasi" nominasiyasi g'oliblari:

1-o'rin. Ornament (Raximov Abdurashid Muminovich)

2-o'rin. Velosipedchi uchun sport kiyimi (Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti)

3-o'rin. Yorug’lik diod chirog’i uchun universal qotirish uskunasi ("High Light Technology" xususiy korxonasi)

2018 yilning "Eng yaxshi seleksiya yutugi" mutlaq g'olibi

Yirik jussali sur rangli qorako'l qo'ylarining "Shofrikon" zavod tipi (O'zbekiston qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti)

"Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g’oliblari aniqlandi

2018 yilning "Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma'lumotlar bazasi" nominasiyasi g'oliblari:

1-o'rin. Tasvirni tahlil qiluvchi dasturlar to’plami (Muxammal al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti)

2-o'rin. Qisilgan CO2 bilan ekstraksiyalash jarayonida haroratni rostlash uchun dasturiy ta'minot (Buxoro muxandislik-texnologiya instituti)

3-o'rin. Ko'ks oralig’i o'smalarini tashhislash va davolash taktikasini tanlash uchun dastur (Yusupbekov A.A., Madierov B.T., Rasulov A.E.)

 "Yoshlar o'rtasidagi eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi"

 eeControl - muassasa xodimlari, o'quvchi va talabalarning davomat monitoring axborot tizimi (Boltaev F.H.)

 

 

 

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 5
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 8