www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Intellektual mulk agentligi delegasiyasining Germaniyaning patentlar va tovar belgilari idorasiga tashrifi
01
май
2018

Intellektual mulk agentligi delegasiyasining Germaniyaning patentlar va tovar belgilari idorasiga tashrifi

Intellektual mulk agentligi delegasiyasining Germaniyaning patentlar va tovar belgilari idorasiga tashrifi 2018 yil 23 apreldan 25 aprelgacha Intellektual mulk Agentligi delegasiyasi bosh direktor o'rinbosari M. Bobojanov boshchiligida delegasiya Myunxen shahrida joylashgan Germaniya patent va tovar belgilari idorasida xizmat safarida bo'ldi. Tashrifdan maqsad Germaniya patent idorasi faoliyati, jumladan intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalarni onlayn topshirish va ularning ekspertizasi jarayonlarini elektron tarzda olib borish va boshqalar jarayonlar bilan tanishishdan iborat bo'ldi.

Germaniya Patent idorasi 140 yildan ortiq stajga ega qadimiy patent ofislaridan biri bo'lib, Evropadagi eng yirik Milliy patent idorasi hisoblanadi. Hozirgi kunda xodimlar soni 2500 kishini, ulardan 900 tasi - ixtirolar bo'yicha ekspertlarni tashkil qiladi.

Idora rahbariyati bilan Delegasiyaning uchrashuv vaqtida Intellektual mulk Agentligi va Germaniya patent idora o'rtasida intellektual mulk sohasida kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

Axborot xizmati

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 5
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 7