www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » 9 may - Xotira va qadrlash kuni!
08
май
2018

9 may - Xotira va qadrlash kuni!

  9 may - Xotira va qadrlash kuni! Ikkinchi jahon urushida necha yuz minglab vatandoshlarimiz fashist bosqiniga qarshi mardonavor kurashishgan. Jang maydonlarida halok bo'lgan mard o'g'lonlari yodini xalqimiz hamisha muqaddas bilib, ularning ruhiga hurmat bajo keltirib kelmoqda. Urushdan omon qaytib, yana mehnat jabhasida jonbozlik ko'rsatgan, urushdan keyingi dolg'ali yillarda o'zining fidoyi mehnati bilan yurt ravnaqi, jamiyat rivojiga hissa qo'shgan yurtdoshlarimiz ham ko'pchilikni tashkil etadi. Bugun ularni qancha ardoqlasak, hurmat-ehtirom ko'rsatsak arziydi. Xotira va qadrlash kuni arafasida O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi rahbariyati va kasaba uyushmasi qo'mitasi mas'ullari sohaning faxriy xodimi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Yashkin Vladimir Petrovichni ziyorat qilib, sovg'a-salomlar taqdim etdilar.
  9 may - Xotira va qadrlash kuni! V.P.Yashkin ko'p yillar davomida, ya'ni  1995-2010 yillarda O'zbekiston Respublikasi Patent idorasida mehnat qilib, mamlakatda intellektual mulk sohasi rivojiga munosib hissa qo'shgan.

O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi rahbariyati va jamoasi yurtimizdagi barcha urush faxriylarini, front ortida fidokorona mehnat qilib, fashizizm ustidan qozonilgan g'alabaga o'zining munosib ulushini qo'shgan mehnat faxriylarini 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan samimiy qutlaydi.

  9 may - Xotira va qadrlash kuni!

 

                                                                                                                                                                          Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 7
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 9