www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Dori allergiyasi yuzaga kelish havfini oldindan aniqlash usuli ixtiro qilindi
11
май
2018

Dori allergiyasi yuzaga kelish havfini oldindan aniqlash usuli ixtiro qilindi

Dori allergiyasi yuzaga kelish havfini oldindan aniqlash usuli ixtiro qilindi Tibbiyot sohasida, jumladan farmakoterapiya va allergologiyada dori allergiyasining yuzaga kelish xavfini oldindan aniqlash usuli ixtiro qilindi. Ixtironing asosiy vazifasi dori allergiyasining yuzaga kelishidan oldin namoyon bo'ladigan eng muhim belgilarni aniqlash va ularning miqdoriy ekvivalentini aniqlash hisobiga usulning axborot sig’imi va ishonchliligini oshirish, usulning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, hammabopligini oshirish va tekshiruv muddatlarini qisqartirishdan iborat.

Ushbu ixtiro allergologik anamnezni tekshirish, uni ball tizimida baholash, ballar sonini hisoblashni o'z ichiga oladi. Qo'shimcha ravishda allergiyaga moyillikdan aziyat chekayotgan qarindosh-urug’larning bor-yo'qligi, surunkali allergik kasalliklar, somatik kasalliklar, jigar va buyrak kasalliklari, teri va tirnoqlarning zamburu? kasalliklarining bor-yo'qligi, kasbiy zararlarga moyillik, yil mavsumi, yoshga bog’liqlik va jinsiy mansublikning ta'sirlari baholanadi, preparat allergikligining in-vitro test sinovi o'tkaziladi.

MualliflarMavlyanov Zafar, Mavlyanov Iskandar, Daminova Lola va Ashirmetov Abdurashidlarga ushbu ixtirolari uchun IAP 05565 sonli patent berildi.

 

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 6
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 8