www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Shrift: A A A Surat : Yashirish Ko'rsatish Сайт ранги : О Q K Oddiy holatga
» » "FUNNY PHYSICS" Elektron qo’llanma
27
май
2016

"FUNNY PHYSICS" Elektron qo’llanma

"FUNNY PHYSICS" Elektron qo’llanma
«"FUNNY PHYSICS" "QIZIQARLI FIZIKA" (ingliz tilida) elektron qo’llanma» dasturi oliy va o’rta maxsus ta'lim tizimida fizika ta`lim yo’nalishi talabalar uchun ingliz tili fanining o’quv dasturi va fanni o’qitishning zamonaviy usullari asosida yaratilgan. Elektron qo’llanmada havo, suv, mexanik energiya va mashinalar, issiqlik, tovush, yorug’lik, elektr va magnetizmga oid qiziqarli hodisalarning tavsiflari, shuningdek, gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati, so’nuvchi tebranishlar, interferensiya, atomda elektronlarning harakati kabi qiziqarli fizik hodisalarning animatsiyalari keltirilgan. Foydalanuvchi dastur yordamida fizik hodisalarni kuzatishi, bu hodisalarning ingliz tilidagi tavsiflarini ko`rishi va eshitishi hamda mustaqil xulosalar chiqarishi mumkin. Dasturning til o’rganishdagi ahamiyati shundaki, unda nafaqat o’qib tushunish, balki eshitish va ko’rib idrok etish foydalanuvchilarga bunday so’zlar ma`nosini tez ilg’ab olishga yordam beradi.
Mualliflar jamoasi - Moydinova Shoxida, Abidova Aziza, Sodikova Sevinch, Yakubova Maxbuba, Abduraxmonova Ra`noxon, Djabborova Zulfiya, O’rinboyeva Guluzro, Djumaboyeva Moxira, Vositov Valijon, Ibragimova Gulchexra va Nosirov Murodga ushbu qo’llanma uchun № DGU 03600 raqamli guvohnoma berildi.
 
Matbuot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
Hozir saytda: 4