www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » "YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanlov
20
февраль
2017

"YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanlov

Intellektual mulk ob'ektlari, jumladan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi hamda EHM uchun dastur va ma'lumotlar bazasiga, huquqiy muhofaza hujjatiga ega bo`lgan oliy ta'lim muassasalari vailmiy-tadqiqot institutlari, sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub'ektlari, olimlar, tadqiqotchilar, ijodiy mehnat ishlanmalari mualliflari va boshqa huquq egalari DIQQATIGA!!!

 

 

O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag`batlantirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko`maklashish, ilg`or texnologiyalarni tadbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qo`llab-quvvatlash, eng yaxshi intellektual mulk ob'ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida "Ixtiro”, "Foydali model”, "Sanoat namunasi”, "EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari” yo`nalishlari bo`yicha e'lon qilingan "YANGI INTELLEKT" yillik tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilishni davom ettirmoqda.

Tanlovga oxirgi 3 yil (2014-2016 yillar) ichida O`zbekiston Respublikasi patentini olgan intellektual mulk ob'ektlari hamda milliy dasturchilar tomonidan yaratilgan EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2017 yilning 31 martiga qadar qabul qilinadi. Tanlov g`oliblari 26 aprel - Xalqaro intellektual mulk kuni e'lon qilinadi.

Tanlovga talabnomalar ish kunlari soat 9.00 dan 17.00 ga qadar quyidagi manzilda qabul qilinadi:

O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000,Toshkent sh., Mustaqillik shox ko`chasi, 59, (5 – qavat), "YANGI INTELLEKT" yillik tanloviga" deb ko`rsatilgan holda.

Ma'lumot uchun telefonlar: 232-50-50; 232-50-41; 232-50-13. 

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza.pdfYuklab olish [ Jami: 106,3 Kb | Yuklab olishlar soni: 295 ]

 

 
 
Matbuot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 5
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 6