www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » "Davlat boshqaruvi organlari xodimlarining kasb etikasi" mavzusida tadbir
02
июнь
2016

"Davlat boshqaruvi organlari xodimlarining kasb etikasi" mavzusida tadbir

[thumb=left]http://ima.uz/uploads/posts/2016-06/1465123470_11.jpg
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari" ijrosini ta'minlash hamda xodimlarning estetik dunyoqarashini boyitish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida "Davlat boshqaruvi organlari xodimlarining kasb etikasi" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti dosenti, falsafa fanlari nomzodi Husanov Bahodir Ergashevich so'zga chiqib, boshqaruv etikasi, boshqaruvning axloqiy talablari haqida seminar ishtirokchilariga ma'lumot berib o'tdi. Bundan tashqari Davlat boshqaruvi organlari xodimi etikasining asosiy tamoyillari, rahbar va xodimlarning halollik, adolat, mas'uliyati, burch tamoyillariga asoslangan o'zaro hamkorlik madaniyati haqida to'xtalib o'tildi.
Seminar oxirida ma'ruzachi tomonidan agentlik xodimlarini qiziqtirgan savollariga javob berib o'tdi.
Jamoalarda bunday seminarlarning tashkil etilishi xodimlarning intizomi, sadoqat va insoniy hamjihatlilik qadriyatlarini hurmat qilishga xizmat qiladi.
Matbuot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 7
Hozir saytda: 9