www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Shrift: A A A Surat : Yashirish Ko'rsatish Сайт ранги : О Q K Oddiy holatga
» » Yara bitkazuvchi vosita
03
июнь
2016

Yara bitkazuvchi vosita

Yara bitkazuvchi vosita

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti olimlari yangi yara bitkazuvchi vosita ixtiro qildilar. Mazkur vosita farmasevtika sanoati, chunonchi etiologiyasi va to'qima patologiyasi har xil bo'lgan yaralarni davolashda tibbiyot amaliyotida qo'llash mumkin bo'lgan davolovchi kompozitsiyani olish texnologiyasida foydalanish uchun mo'ljallangan. Uning vazifasi yara bitkazuvchi malham va in`eksiya uchun eritma (mikroimplantat) sifatida qo'llash mumkin bo'lgan, tiklovchi va keng davolovchi (mikroblarga qarshi, yara bitkazuvchi, og'riqsizlantiruvchi) xususiyatlariga ega bo'lgan kollagen asosidagi ko'p maqsadli tarkibga ega bo'lishdan iborat.
Mualliflar jamoasi - Gulyamov Turgun, Radjabov Otabek, Atajanov Abdullaxat, Turayev Abbasxan va Filatova Albinaga ushbu ixtiro uchun № IAP 05207 raqamli patent berildi.
Matbuot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
Hozir saytda: 4