www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Shrift: A A A Surat : Yashirish Ko'rsatish Сайт ранги : О Q K Oddiy holatga
» » Infox 2.0 - elektron axborot va hujjat almashinish tizimi
09
июнь
2016

Infox 2.0 - elektron axborot va hujjat almashinish tizimi

Infox 2.0 - elektron axborot va hujjat almashinish tizimi
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ta'lim muassasalarida elektron ta`limni joriy etish markazi dasturchilari Infox 2.0 - elektron axborot va hujjat almashinish tizimini yaratdilar. Dasturiy mahsulot muassasalar orasida ma'lumotlar almashinishi, hujjatlarni bajarilishini nazorat qilish uchun mo'ljallangan. OTM tomonidan belgilangan mas`ul shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish; oliy ta'lim muassasalarini elektron kartotekalarini ro'yxatdan o'tkazish; topshiriqlar kartochkalarini tuzish, tahrirlash, ijrochini tayinlash (oliy ta'lim muassasasida), ijrochining elektron pochtasiga topshiriq tayinlanganligi haqida xabarni jo'natish, ijrochining elektron hujjatlarni qabul qilish vaqtini nazorat qilish, hujjatlarni ro'yxatga olish, kartochkalar atributlarini to'ldirish, jo'natilgan hujjatlar soni haqida umumlashtirilgan onlayn hisobotlarni yig'ish, OTMga hujjatlarni, buyruqlar nusxalarini, xatlarni o'z vaqtida yetkazib berish, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda OTM o'rtasida elektron xabarlar almashinuvi kabi funksional imkoniyatlari mavjud.
Mualliflar - Kurbanov Ruslan, Xamidov Umid va Abulov Nodirga ushbu tizim uchun № DGU 03643 raqamli guvohnoma berildi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
Hozir saytda: 1