www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Shrift: A A A Surat : Yashirish Ko'rsatish Сайт ранги : О Q K Oddiy holatga
» » Intellektual mulk sohasidagi o'qituvchilar uchun BIMT-BST Kollokviumida ishtirok etildi
29
июнь
2016

Intellektual mulk sohasidagi o'qituvchilar uchun BIMT-BST Kollokviumida ishtirok etildi

 

 Intellektual mulk sohasidagi o'qituvchilar uchun BIMT-BST Kollokviumida ishtirok etildi 

 Intellektual mulk agentligi O'quv markazi rahbariyati Butunjahon savdo tashkiloti Sekretariati (BST) va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamkorligida 2016 yil 13-24 iyunda Jeneva shahrida o'tkazilgan intellektual mulk sohasidagi o'qituvchilar uchun BIMT-BST Kollokviumida ishtirok etdi.


Intellektual mulk sohasidagi o'qituvchilar uchun BIMT-BST Kollokviumida ishtirok etildi

Kollokviumda BIMT va BST vakillari, jumladan, BIMT Akademiyasining ijrochi direktori Sherif Saadallax, BST "Intellektual mulk" bo'limi boshlig'i Entoni Taubman, Avstraliya federal sudyasi Annabel Bennett, Xitoy Xalq Respublikasi Oliy sudi sudyasi Yanfeng Van, BST maslahatchisi Robert Anderson, BIMT kichik va o'rta korxonalar va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'limi direktori Djovanni Napolitano va Yevropa mamlakatlari universitetlarining professor hamda fan doktorlari va boshqalar ma'ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Kollokvium ishtirokchilari tematik tadqiqotlar va tegishli ta'lim tajribasi asosida muzokoralar olib borishdi, shuningdek, intellektual mulk sohasida o'qitish metodikasi muhokama qilindi.

Intellektual mulk sohasida o'qitish bo'yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa rivojlangan davlatlarning tajribasi o'rganildi.

Kollokvium ishida ishtirok etgan 28 mamlakatning har bir vakili o'z ma'ruzasi va taqdimoti bilan ishtirok etdilar.

Kollokvium so'nggida sertifikatlar berildi.

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
Hozir saytda: 1