www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Farmatsevtik yara bitiruvchi kompozitsiya
09
август
2016

Farmatsevtik yara bitiruvchi kompozitsiya

Farmatsevtik yara bitiruvchi kompozitsiya

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti xodimlari farmatsevtik yara bitiruvchi kompozitsiyani yaratdilar. Mazkur kompozitsiya tibbiyot va farmatsevtikada foydalaniladi. Xodimlar oldiga qo’yilgan vazifa - yiringli yallig’lanuvchi kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish uchun optimal yumshoq dori shaklini ishlab chiqishdan iborat bo`ldi. Boshqa yara bitiruvchi kompozitsiyalardan tarkibida aktiv komponent sifatida Nigella sativa ekiladigan sedana urug’idan olingan polipeptidlar jamlamasi, o’simlik yog’i sifatida esa Nigella sativa ekiladigan sedana urug’idan olingan yog’ hamda qo’shimcha ravishda A va E vitaminlaridan foydalanilgani bilan ajralib turadi.

Mualliflar - Oshepkova Yuliya, Kazanseva Donara, Veshkurova Olga va Salixov Shavkat ushbu ixtiro uchun IAP 05240 raqamli patent oldilar.

 

Matbuot xizmati


скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
Hozir saytda: 2