www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » O'zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamkorlikda Navoiy va Buxoro shaharlarida o'quv seminarini o'tkazdi
11
август
2016

O'zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamkorlikda Navoiy va Buxoro shaharlarida o'quv seminarini o'tkazdi

2016 yil 10-11 avgustda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Navoiy va Buxoro viloyatlari hududiy boshqarmalari va O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi birgalikda tadbirkorlarning intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish bo'yicha bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv seminarlarini o'tkazdilar. Seminarda O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari va mutaxassislari, kichik va o'rta biznes vakillari va xususiy tadbirkorlar ishtirok etishdi.
 

O'zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamkorlikda Navoiy va Buxoro shaharlarida o'quv seminarini o'tkazdi 


 

 

Agentlik vakillari "Intellektual mulk ob'ektlarining muhofazasi va ularning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi roli", "Tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarining huquqiy muhofazasi", "Sanoat namunalarining huquqiy muhofazasi" kabi mavzularda ma'ruzalar va taqdimotlar qilishdi. 
 

 

O'zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamkorlikda Navoiy va Buxoro shaharlarida o'quv seminarini o'tkazdi

 

 

Bundan tashqari, intellektual mulk ob'ektlarini muhofazalash, Agentlik va uning huzuridagi tashkilotlar faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar yoritildi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5