www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Qashqadaryo viloyatida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi
16
август
2016

Qashqadaryo viloyatida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi

12 avgust kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyoti institutida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida o`quv seminari o`tkazildi. 
Seminarda Agentlik va Agentlikning o`quv markazi mutaxassislari tomonidan "Intellektual mulkka oid asosiy tushunchalar. Intellektual mulkni muhofaza qilish bo`yicha asosiy qonun hujjatlari" mavzularida ma'ruzalar qilindi hamda so`nggi yillarda intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi sohadagi o`zgarishlar, Agentlikning o`quv markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar to`g`risida ma'lumotlar berildi. 
 

Qashqadaryo viloyatida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi


Tadbir so`nggida seminar qatnashchilari uchun Agentlik rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini sayor qabuli tashkillashtirildi, shuningdek intellektual mulk ob'ektlarini yaratish va joriy qilish masalalarining muhimligi muhokama qilindi.

Qashqadaryo viloyatida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi


 
13 avgust kuni Savdo-sanoat palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari va tadbirkorlari bilan davra suhbati o`tkazildi. Tadbirkorlar uchun "Intellektual mulk ob'ektlarining noqonuniy muomalasini oldini olish, kontrafakt mahsulotlar tarqatilishiga qarshi kurash bo`yicha olib borilayotgan ishlar" va "Tovar belgilari va xizmat ko`rsatish belgilari va ularning huquqiy jihatdan muhofazasi" mavzularida ma'ruzalar qilindi. 

Qashqadaryo viloyatida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi

 


Tadbir qatnashchilariga Agentlik va uning tasarrufidagi tashkilotlar faoliyati to`g`risida bukletlar va flayerlar tarqatildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Qashqadaryo viloyatining ommaviy axborot vositalariga intervyular berildi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 8
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 10