www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Agentlikda Koreya Intellektual mulk idorasi (KIPO) vakillari bilan uchrashuv
18
август
2016

Agentlikda Koreya Intellektual mulk idorasi (KIPO) vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 18 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vaziri Xon Yun Sukning O'zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Koreya Intellektual mulk idorasining Xalqaro aloqalar bo'limi direktori Park Yongju boshchiligidagi delegasiya bilan o'zaro uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

Agentlikda Koreya Intellektual mulk idorasi (KIPO) vakillari bilan uchrashuv 


Uchrashuv avvalida ikki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy sohada yo'lga qo'ygan o'zaro hamkorlik aloqalari va ularni kelgusida ham yanada kengaytirish masalalari ustuvor ahamiyat kasb etishligi qayd etildi.
O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi rahbari Maxsud Bobojanov Koreya Respublikasi bilan barcha sohalarda bo'lgani kabi intellektual mulk sohasidagi yo'lga qo'yilgan hamkorlik masalalariga va ularni kelgusida ham yanada kengaytirish borasida o'z fikrlarini aytib o'tdi. 

 

 

Agentlikda Koreya Intellektual mulk idorasi (KIPO) vakillari bilan uchrashuv

 


O'z navbatida Koreya Intellektual mulk idorasining Xalqaro aloqalar bo'limi direktori Park Yongju Koreya Respublikasi O'zbekiston bilan aynan intellektual mulk sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini va bu borada 2011 yilda ikki davlat idoralari tomonidan imzolangan Anglashuv memorandumi muhim ahamiyat kasb etishligini aytib o'tdi. 
Suhbat so'ngida Park Yongju samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Koreya Respublikasi O'zbekiston Respublikasi bilan intellektual mulk sohasida ham keng ko'lamli va o'zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga tayyor ekanini ta'kidladi.

 

Matbuot xizmati


скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3