www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Shrift: A A A Surat : Yashirish Ko'rsatish Сайт ранги : О Q K Oddiy holatga
» Об агентстве

Об агентстве


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq fan taraqqiyotini va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga, intellektual mulk huquqini ro‘yobga chiqarishga va himoyasini ta’minlashga doir huquqiy mexanizmlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Pirovardida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 avgustdagi "Ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ilmiy-texnik salohiyatni yanada mustahkamlash, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng dolzarb masalalarini hal etishga safarbar etish hamda Hamdo‘stlik mamlakatlarida birinchilardan bo‘lib innovatsion faoliyatni faollashtirish choralari belgilandi.
     
O‘zbekiston 1991 yildan buyon Jahon intellektual mulk tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Jahon intellektual mulk tashkiloti bugungi kunda 180 dan ortiq davlatni o‘zida birlashtirgan xalqaro tashkilotdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 may kungi «O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori bilan intellektual mulk sohasida bir-biridan mustaqil faoliyat yuritib kelgan Davlat patent idorasi hamda O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tashkil etildi. Natijada xalqimizning ilmiy-texnikaviy ijod erkinligidan samarali foydalanishi uchun yanada kengroq sharoitlar yaratildi. Intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, yagona yondashuvni ta’minlash, mamlakatimizning ushbu sohadagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash va hayotga tatbiq etish bo‘yicha yaxlit tizim vujudga keldi.

   O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligiga ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari hamda intellektual mulkning boshqa ob’ektlarini himoya qilish, ular bo‘yicha huquq egalarini himoya qilish, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolar, ilmiy-texnik va sanoat ishlanmalarini, seleksiya yutuqlarini, badiiy-konstruktorlik va boshqa turdagi ijodiy ishlarning keng joriy etilishiga ko‘maklashish, shuningdek, intellektual mulk ob’ektlarini ekspertiza qilish va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, intellektual mulkni himoya qilish masalasida yagona pozitsiyani ishlab chiqish va bu sohada xalqaro miqyosda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish hamda tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishni ta’minlash kabi bir qator vazifalar yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligining xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish asnosida ilmiy-texnik yutuqlarni innovatsion tadbirkorlikka joriy etish uchun yaxshi shart-sharoit yaratilmoqda. Bu o‘z navbatida, iqtisodiyotimiz samaradorligini ko‘tarishga ko‘maklashadi, bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va mamlakatimiz intellektual salohiyatini yuksaltirishda, xal qimiz farovonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligi to‘g‘risidagi Nizom

[attachment=4]

скачать софт

Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
Hozir saytda: 2