www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Shrift: A A A Surat : Yashirish Ko'rsatish Сайт ранги : О Q K Oddiy holatga
» Idoralararo hamkorlik

Idoralararo hamkorlik


O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi bilan

O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o`rtasida o`zaro

Axborot almashinuvi sohasida hamkorlik to`g`risida

BITIM

I. Bitim tuzish asoslari

1. Ushbu bitim O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 30 oktyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PQ-1843-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 iyuldagi "O’zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ba'zilarini o’z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to’g’risida"gi 196-sonli qaroriga asosan tuzilgan.

II. Bitim predmeti

2.O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bir tomondan hamda O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ikkinchi tomondan (keyingi o’rinlarda "Tomonlar" deb ataluvchi), O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va me`yoriy-huquqiy hujjatlariga ko’ra, yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarilishi, soliq solish ob`ektlarini va soliqsolish bilan bog’liq ob`ektlarni hisobga olishda kerakli axborotlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish sohasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ushbu bitimni tuzdilar.

3.Mazkur bitim tomonlar o’rtasida zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ikki tomon uchun ham manfaatli bo’lgan o’zaro axborot almashish, tahlil etish hamda tahlillar asosida soliq qonunchiligida huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish, bartaraf etish va taqqoslashdan iboratdir.

Ш. Tomonlarning majburiyatlari

4.O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Davlat soliq qo’mitasiga elektron shaklda telekommunikatsiya kanallari orqali har oyning 10-sanasiga qadar: audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish; fonogrammalarni tayyorlash faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarning berilganligi, shuningdek bekor qilinganligi, ularning amal qilishi to’xtatib turilganligi yoki tugatilganligi holatlari to’g’risidagi ma`lumotlarni 1-4-ilovalarga muvofiq taqdim etib boradi.

5.O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ma'lumotlarni taqdim etish uchun mas`ullarni buyruq asosida biriktirgan holda, ular tomonidan ma`lumotlar to’liq va belgilangan muddatlarda taqdim etilishini ta'minlaydi.

6. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi ushbu bichimga asosan o’zining zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi: ma`lumotlarni elektron shaklda taqdim etish uchun mas`ul etib biriktirilgan xodimlarga belgilangan tartibda elektron raqamli imzoni berish; taqdim etilgan ma'lumotlar asosida elektron ma'lumotlar bazasining shakllantirilishini va hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq majburiyatlari yuzaga kelgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar bo`yicha belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini amalga oshirish; soliq sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni saqlash va undan foydalanishning maxsus rejimini ta`minlash.

IV. Yakuniy qism

7. Ushbu bitim imzo qo`yilgan sanadan kuchga kiradi.

8. Tomonlarning o’zaro kelishuviga ko’ra ushbu bitim matniga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi hamda bekor qilinishi mumkin.

9. Ushbu bitim 2 nusxada tuzilgan hamda bir xil yuridik kuchga ega, tomonlarda 1 nusxadan saqlanadi.

 

 

O`zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo`mitasi

Raisi o`rinbosari

O`zbekistom Respublikasi Intellektual mulk agentligi

Bosh direktori v.b.

О.Rustamov

Z. Giyasov

 

 

 

скачать софт

Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
Hozir saytda: 3