www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Shrift: A A A Surat : Yashirish Ko'rsatish Сайт ранги : О Q K Oddiy holatga
» Ilmiy texnik kengash

Ilmiy texnik kengash


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI ILMIY-TEXNIK KENGASHI NIZOMI 

 I.Umumiy holatlar 

1. O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (bundan keyin - Agentlik) ilmiy-texnik kengashi (bundan keyin - Kengash) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyundagi 166-sonli qarori bilan tasdiqlangan  O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi nizomi asosida tashkil etilgan. 

2. Kengash intellektual mulk, patent-axborot ta'minotini  maqbullashtirish, targ'ibotlar o'rni va ular haqidagi bilimlar ahamiyati, kadrlar tayyorlash, patent-litsenzion faoliyatning iqtisodiy jihatlari sohasidagi kashfiyotlar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob'ektlari (bundan keyin - intellektual mulk ob'ektlari) huquqiy muhofazasi, intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan talabnomalarni davlat ekspertizasidan o'tkazishni takomillashtirish, intellektual mulk sohasidagi xalqaro hamkorlik nazariyasi va amaliyotining muhim masalalari bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish hamda tavsiyalarni ishlab chiqish bo'yicha maslahat kengashi hisoblanadi.  
 
3. Kengash o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va buyruqlari, Intellektual mulk agentligi nizomi, Agentlik bosh direktori buyruq va ko'rsatmalari va uning faoliyatiga daxldor boshqa qonunchilik hujjatlari asosida ish ko'radi. 
 
4. Kengash Agentlik bo'limlari, unga bo'ysunuvchi tashkilotlar, manfaatdor jamoat tashkilotlari, yetakchi olimlar, mutaxassislar va ishonchli vakillar bilan hamkorlikda ish olib boradi. 
II. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari 

5. Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

a) O'zbekiston Respublikasining  intellektual mulk ob'ektlarini muhofaza qilish sohasidagi qonunchiligi hamda mazkur qonunchilikni amalga tatbiq etish bo'yicha me'yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish hamda ular bo'yicha qarorlar tayyorlash; 
b) Agentlik ilmiy faoliyati rejalari yo'nalishlarini tanlash va shakllantirish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqish; 
v) O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlariga huquqiy himoyani taqdim etish, patent va axborot ta'minotini ta'minlash, ilmiy-texnik, badiiy-konstruktorlik va boshqa ijod turlarini rivojlantirishga sharoit yaratishga ko'maklashishni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan ish va tadqiqotlar bajarilishi va natijalarini ko'rib chiqish; 
g) Agentlik ilmiy kadrlari va mutaxassislarini saralash, joylashtirish va malakasini oshirish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqish; 

6. Asosiy vazifalarga muvofiq Kengash quyidagi vazifalarni bajaradi: 

a) intellektual mulkni muhofaza qilish sohasidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo'yicha Agentlik bo'limlari tayyorlagan takliflarni ko'rib chiqadi va mana shu takliflar bo'yicha xulosalarini beradi; 
b) intellektual mulk sohasidagi halqaro hamkorlik masalalarini ko'rib chiqadi, bunday hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalarni tayyorlashni ta'minlaydi. 
v) Agentlikning jumladan davlat ekspertizasi hamda patent soliqlari va ro'yxatga olish to'lovlarini ro'yxatga olish va nazorat qilish texnologik jarayonlari kompleks avtomatizatsiyasini ishlab chiqish, axborot ta'minoti tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bog'liq ilmiy faoliyatining asosiy yo'nalishlarini ko'rib chiqadi va kerakli tavsiyalarini ishlab chiqadi; 
g) Agentlik bo'limlari va unga bo'ysunuvchi tashkilotlarning intellektual mulk ob'ektlarinining huquqiy himoyasi masalalari bo'yicha ularni ilmiy tadqiqot rejalariga kiritish bo'yicha takliflarini ko'rib chiqadi va baholaydi; 
d) Agentlik faoliyati rejasining bajarilishi, shuningdek uni bajarish bo'yicha hisobotlar muhokamasida ishtirok etadi; 
e) intellektual mulk roli va ahamiyati hamda uning huquqiy himoyasi va patent ahamiyatini targ'ib etishni takomillashtirish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqadi; 
j) O'zbekiston Respublikasida ilmiy-texnik va badiiy-konstuktorlik ijodini rivojlantirish uchun  sharoit yaratishga ko'maklashishga qaratilgan takliflarni ko'rib chiqadi; 
z) Agentlik kadrlar tarkibi malakasini oshirish hamda egallagan lavozimlariga mosligini attestatsiyadan o'tkazishni tashkil etish holati va uni takomillashtirish masalalarini muhokama qiladi; 
i) Respublika Davlat ilmiy-texnik dasturlari bo'yicha grantlar olish uchun intellektual mulk sohasidagi ilmiy tadqiqot loyihalarini ko'rib chiqadi. 

III.Kengash tarkibi 

7. Kengash tarkibi Agentlikning rahbar, ilmiy va ekspert xodimlari, Agentlikka bo'ysunuvchi tashkilotlar mutaxassislari, ilg'or olimlar va patentshunos mutaxassislar, patent bo'yicha ishonchli vakillar, manfaatdor jamoat tashkilotlari vakillaridan shakllanadi. 

8. Kengashga Agentlikning bosh direktori rahbarlik qiladi, u kengash raisi hisoblanadi. Agentlik bosh direktori Kengash raisi o'rinbosari va mas'ul kotibini tayinlaydi. 

9. Alohida masalalar bo'yicha tavciyalar loyihasini ishlab chiqish uchun Kengash vaqtinchalik  ishchi guruhlarni tashkil etishi mumkin. 

10. Kengash Nizomi, Kengashning shaxsiy tarkibi Agentlik bosh direktori buyrug'i asosida tasdiqlanadi. Muvaqqtat ishchi guruhlar tarkibi va ularning rahbarlari Kengash raisi yoki uning o'rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. 

11. Kengash va guruh ishida ishtirok etish uchun belgilangan tartibda (tegishli rahbarlar bilan kelishilgan holda) Agentlik hamda unga bo'ysunuvchi tashkilotlarning Kengash tarkibiga kirmaydigan xodimlari, olim va mutaxassislari jalb etilishi mumkin. 

12. Kengash a'zolari hamda Kengash ishiga jalb etilayotgan shaxslar ishda jamoatchilik asosida ishtirok etadi. 

IV. Kengash faoliyatini tashkil etish, tavsiyalarni qabul qilish v amalga oshirish 

13. Kengash yig'ilishlari mavzusi va uni o'tkazish vaqti Kengash ishining kalendar-mavzu rejasi asosida belgilanib, Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan rejaga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish Kengash rahbariyati tomonidan ko'rib chiqiladi va Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi. 

14. Kengash yig'ilishlari bir oyda ikki marta o'tkaziladi. Kengash raisi qarori bilan navbatdan tashqari yig'ilishlari o'tkazilishi mumkin. Muvaqqat ishchi guruhlar ish tartibi masalaning murakkablik darajasi va tavsiyalarni tayyorlash muddatlariga qarab raislar tomonidan belgilanadi. 

15. Yig'ilishlarga kerakli hujjatlarni tayyorlash  ish rejasiga muvofiq ularning tayyorlanishi uchun mas'ul bo'lgan Agentlik bo'limlari va ularga bo'ysunuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 

a) materiallarda quyidagilar aks etishi lozim: 
- ma'ruza matni (kengaytirilgan ma'ruza tezisi) yoki muhokamaga qo'yilayotgan me'yoriy va metodik hujjatlar; 
- taqrizlar, xulosalar (kerak bo'lganda); 
- ko'rib chiqilayotgan masala bo'yicha tavsiyalar berilgan qaror loyihalari. 

b) Kengashga materiallar masalani ko'rib chiqish belgilangan kundan kamida ikki hafta oldin taqdim etiladi. 

16. Muhokama qilinayotgan masalalar bo'yicha Kengash qarorlari ko'pchilik ovoz berish yo'li bilan qabul qilinadi. Kerak bo'lganda yashirin ovoz berish usuli qo'llanadi. Kengash yig'ilish bayonnomalari va qarorlari ikki hafta ichida rasmiylashtiriladi. Qarorlar amaliyotda qo'llash uchun Agentlikning barcha manfaatdor bo'limlari va unga bo'ysunuvchi tashkilotlarga jo'natiladi. Agentlik faoliyatiga daxldor Kengash qarorlari kerak bo'lganda Agentlik bosh direktori buyrug'i va ko'rsatmalari bilan hayotga tatbiq etiladi. 

17. Kengash raisi o'rinbosari quyidagilarni ta'minlaydi: 
 
 
a) Kengash ishining kalendar-mavzu rejasini shakllantirish, uning bajarilishini nazorat qilish; 
b) Kengash raisiga hisobotdan keyingi yilning 25 yanvariga qadar Kengash faoliyati haqidagi hisobotni taqdim etish; 
v) Kengash vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha yozishmalarni olib borish. 
 
 
18. Kengash mas'ul kotibi zimmasiga quyidagilar yuklatiladi: 

a) Kengash yig'ilishi kun tartibini tayyorlash; 
b) Kengash yig'ilishlarida ko'rib chiqish ko'zda tutilgan masalalarni tayyorlash nazoratini ta'minlash; 
v) Kengash a'zolari hamda taklif etilgan shaxslarni Kengash yig'ilishlari haqida ogohlantirish, Kengash yig'ilishi o'tkazilishidan kamida uch kun oldin ularga ko'rib chiqilayotgan masalalar bo'yicha kun tartibi va materiallarni jo'natish; 
g) Yig'ilish oldidan Kengash raisi va uning o'rinbosariga kvorum hamda Kengash ishini boshlash mumkinligini haqidagi ma'lumotnoma taqdim etish; 
d) bayonnomalarni yuritish, rasmiylashtirish va tasdiqlashga taqdim etish (10 kun ichida), tavsiyalarni rasmiylashtirish va ularni tarqatish; 
e) Kengash raisi va o'rinbosarining Kengash faoliyati bilan bog'liq ko'rsatmalarini bajarish; 
j) Kengash ish yuritilishini tashkil etish. 
IV. Kengash a'zolari huquq va majburiyatlari
19. Kengash a'zolari quyidagi huquqlarga ega: 
a) Kengash ish rejasiga taklif kiritish; 
b) istiqbolli tadqiqotlarni rivojlantirish va kam samarali ishlarni to'xtatish haqida takliflar kiritish; 
v) Kengash, ishchi guruh yig'ilishlarida muhokama qilish uchun tayyorlangan materiallar bilan tanishish; 
g) yig'ilishlarda muhokama etiladigan masalalar bo'yicha erkin fikr almashish; 
d) Kengash a'zolarining ko'pchiligi tomonidan  qabul qilingan takliflarga qarshiligi bo'lsa, muhokama qilinayotgan masala bo'yicha yozma ravishda o'z fikrini bayon etish; 
 
20. Kengash a'zolari quyidagilarga majbur: 
a) Kengash yig'ilishlarida ishtirok etish, Kengash va guruh ishlarida faol ishtirok etish; 
b) tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Kengash ko'rsatmalarini bajarish; 
v) Kengash rahbariyati topshirig'i bilan ko'rib chiqish lozim bo'lgan materiallarga taqriz va xulosalar berish; 
g) ko'rib chiqilayotgan masalalar muhokamasi va taqriz hamda xulosalarni tayyorlashda xatoga yo'l qo'ymaslik.
скачать софт

Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
Hozir saytda: 3